Pilgrim’s Progress (in Uzbek) Palomnik

Until I find another place to put this online, I will keep it here. So prose, but in Uzbek.

1. Kitob

Bir katta shaharda Masihiy degan bir odam xotini va to’rta bolasi bilan yashardi. Bu shahar Xaroba deb atalar edi. Masihiy unchalik boy emas edi, shuning uchun u qattiq ishlar edi. Uning ishlagan puli oilasini kiyib, ichishiga etar edi xalos. Uning yog’ochli yaxshi uyi, chiroyli xotini va bolalari bor edi. Dostlari va qo’shnilari bilan yaxshi munosabatta bo’lar edi. Bir so’z bilan aytganda u o’zicha haqiqatdan baxtli inson edi..

U bir kuni o’rgamchak uya va chang bosib yotgan cherdakdan bitta kitob topib oldi. Masihiy uni olib qo’li bilan changini artdi. Ko’rinishidan u kitob juda eskiga o’xshar edi. Masihiy qandaydir qutiga o’tirib, o’qishni boshladi.

Bechora Masihiy! U ikki varoq o’qib o’qimay qaltirab yig’lay boshladi. Kitob qorqinchli bo’lib chiqdi.

“Xotinim va bolalar meni bu ahvolda ko’rmasliklari kerak”, – deb o’yladi U. – Yaxshisi borib toza havoda aylanib kelaman.

U kitobni berkitdida turishga urindi, lekin tura olmadi. Qandaydir og’ir narsa orqasidan ezdi.

“Bu nima ekan?” – dedi u tashvishlanib, u qo’lini beliga cho’zib orqasini ushlasa katta og’ir qop ekan. Uni echishga urindi, lekin echa olmadi.

- Qanday musibat! Endi nima qilaman? – derdi u

Qattiq urinish va harakatlar bilan turib, kitobni o’zi bilan oldida hansirab, uydan chiqib ketdi.

U anchagacha yaxshi bo’lishiga umid qilib bog’da sang’ib yurdi – u qopni ham, oqiganlarini ham esidan chiqara olmadi. Kitob uni xavotirga solgan edi. U kitobni to’xtamasdan o’qidi va o’qidi. Uyga u yig’idan shishib ketgan holda qaytib keldi.

U uyga xech kim ko’rmay turib tezroq kirib olmoqchi edi, lekin xotini uni ko’rib qoldida va baqirdi:

Sizga nima bo’ldi? Orqangizga nima ko’tarib yuribsiz?

Xech narsa, – deb iloji boricha tetiklik bilan javob berdi u, lekin bilganlari togrisida indamay turolmay xotini va bolalariga qarab davom etdi: “Menda juda yomon yangilik bor. Qachondir, balkim, juda yaqinda shaharda yong’in bo’ladi va hamma narsa yonib ketadi”.

Bolalar qo’rqishga ulgurmay turib, xotini kulib yubordi:

Nima deyapsiz? Kim sizga aytdi?

Men bu haqida o’qidim, – deb kitobni xotiniga ko’rsatdi.

Kitobda yozilgan hamma narsaga ishonaverasizmi? – deb e’tiroz bildirdi xotini.

Lekin bu kitobda yozilgan narsalar to’g’rida, – dedi Masihiy yon bermasdan. Bir necha varog’ini o’qishga ulgurmasimdan orqamdagi bu qop paydo bo’ldi, va men juda xafa bo’lib ketdim.

Siz faqat charchagansiz, – dedi yumshoqlik bilan xotini. – Bolalarni joyiga yotqizib kelgunimcha borib yoting va o’zingizga kelib tinchlaning.

Bolalar onalarini umuman xavotirga tushmayotganini ko’rib, qorqmaslikka qaror qildilar va uxlashga yotdilar. Keyin xotini erini ertalab uxlab dam olgandan keyin hammasini esidan chiqarib, ko’rmaganday bo’lib ketishiga ishontirishga harakat qildi. Lekin xotini aytganday bo’lmadi.

Masihiy uxlamadi, ertalab kechqurundagidan ham ko’ra dukkur bo’lib qolgan edi. Uning ko’rinishi ma’yus edi, bu xotinini g’ashini keltirdi.

– O’zingizni qo’lga oling, Bolalarni qo’rqitib yuborasiz. Odamlar nima deb o’ylaydi? – dedi xotini.

– Bu kitobni o’qib ko’r, – dedi yumshoqlik bilan Masihiy. – Falokatni xohlaysanmi, unda qanday yahsayotgan bo’lsang shunday yashayver, lekin meni falokat bo’lmasligiga ishontira olmaysan.

Bu gaplardan keyin xotini undan qochishadigan, bolalarini unga yaqinlashtirmaydigan bo’lib qoldi.

Bundan so’ng Masihiy yolg’izlikdan ham qiynaldi. Bir necha kun u xonasida o’tirardi yoki bo’g’da aylanib kelar edi. U ajiramasdan o’qiyotgan kitobini o’qigan paytda tez-tez Xudodan yordam so’rab ibodat qilardi. U butun bu vaqtlarda xafa edi chunki orqasidagi yuk uni ezar va og’irlashib borar edi.

Bir kuni u bog’da aylanib yurib Xushxabarchini uchratib qoldi. Xushxabarchi unga yaqinlashib so’radi:

Nimaga bunchalik xafasan?

Bu kitob, – dedi Masihiy, – aytyapdiki men bu shaharda o’laman ekan.

Nega unda bu shahardan ketmayapsan?

Qayga borishim kerak? Qayerda, qanday qilib qutqarilishim mumkin?

Men senga yordam beraman, – deb javob berdi Xushxabarchi.

Masihiy quloqlariga ishonmadi. Va nihoyat uni kimdir tushunib unga nima qilish kerakligini aytadi.

Xushxabarchi dalani qandaydir tarafini ko’rsatib so’radi:

U ufqdagi nurni ko’ryapsanmi?

Ko’ryapman shekilli, – dedi u.

Masihiy ko’zini shiqalab qaradi va nimanidir yarqirab turganini ko’rdi.

U yerga darvozaga yetib borguningacha yo’lakchadan to’g’ri borgin, – dedi Xushxabarchi, – borib darvozani taqillatsang, keyin nima qilishing kerakligi aytiladi.

Raxmat, raxmat! – deb hayqirdi Masihiy va orqasidagi qopiga qaramasdan dala orqali pastga yugurib ketdi.

Xotini derazadan uni ko’rdida yugurgancha baqirdi:

– Masihiy qayga? Uyga qayt!

Lekin u yugurgancha unga javoban:

– Men yashamoqchiman! O’lishni xohlamayman!

U baribir qaytib borgani bilan xotinini u bilan birga ketishga ko’ndira olmasligini bilardi, lekin qachondir xotini va bolalari unga ergashishlariga ishondi va umid qildi.

Shovqinni eshitib qo’shnilari ham chiqishdi va ular ham Masihiyni chaqirishdi, lekin u ularga quloq solmadi.

– Uni to’xtatish kerak! – deb hayqirdi Masihiyning O’jar ismli qo’shnisi va orqasidan quvlab ketdi.

– Meni kut! – deb baqirdi O’zgaruvchan degan boshqa qo’shnisi va u ham Masihiyning orqsidan yugurib ketdi. Uning ismi o’ziga mos edi, chunki u o’z fikrini o’zgartirib boshqalarning fikriga rozi bo’ladigan inson edi. O’jar bo’lsa umuman boshqa inson edi.

Ular tez orada Masihiyga yetib olishdi, chunki qop unga yugurishiga xalaqit berar edi.

– O’ylab ko’r, – dedi O’jar. – Yaxshisi uyga bor.

Masihiy boshini qimirlatdi.

– Senga nima yetishmayapdi? – so’radi O’jar. – Uying, xotining, bolalaring, mana biz do’stlaring bormiz.

– Men o’lishni emas yashashni xohlayman, yaxshisi sen ham qutqarilish joyini topishga harakat qil,– dedi Masihiy.

– Seni ko’ndirib bo’lmas ekan! – dedi Ojar jahli chiqib. – Ketdik, O’zgaruvchan.

– Balkim u to’g’ri gapiryotgandir? – ikkilandi O’zgaruvchan.

– Senga nima bo’ldi? – dedi O’jar.

– Menga ishonmasalaring, kitobni o’qib ko’ringlar, – deb davom etdi Masihiy jiddiylik bilan. O’zgaruvchan unga ishondi.

– Men u bilan ketaman, – dedi O’zgaruvchan.

– Yo’q, qanday ahmoqsizlar! – deb baqirdi Ojar.

Va orqasiga uyiga qaytib ketdi. Masihiy va uning hamrohi ufqdagi nur tomon ketdilar.

Masihiy: U qolingizdagi muallif Bun’yan yozgan “Ziyoratchining sargizashtli yo’li” kitobining asosiy qahramoni. Bir kuni u ajoyib kitob topib oladiyu butun hayoti o’zgarib ketadi. U yashayotgan shahar vayron bolib ketishini bilib qanday qutulish to’g’risida o’ylab qoladi. Xushxabarchi bilan uchrashgandan keyin o’ziga xos zavqli lekin shu bilan birga xavfli yo’lga ravona bo’ladi. Tez orada uni yo’ldan ozdirishga harakat qiladiganlar bilan uchrashadi. Bun’yanini bu obrazni yaratishga mana bu oyat ilhomlantirgan bo’lsa kerak: Ibroniylar 13:14.

Xushxabarchi: U odamlarni birinchi xojning yoniga, keyin esa Osmon Shahriga olib boradi. Masihiy nima qilishini bilmay turganda u paydo bo’lib Masihiyga nima qilishi mumkinligini o’rgatdi. U haqiqatni aytishdan qo’rqmaydi. U nafaqat qattiq qo’l shu bilan birga mehribon ham. Bunga keyinroq Masihiy to’g’ri yo’lidan boshqa tarafga burilgan paytda ham amin bo’ldi.

Balkiy, muallif Bun’yani bu obrazni yaratishiga havoriy Pavlusning Timo’tiyga yozgan maslahati sabab bo’lgandir. (2 Tim 4:1-5)

O’zgaruvchan: Bu odam fikrlarini o’zgartirib turardi. Birinchi u O’jarga ishondi lekin Masihiyni aytayotgan gaplarini eshitib u bilan ketishga qaror qildi. Birinchi sinovda yoq dosh bera olmay o’z fikridan qaytdi. Muallif Bun’yan Matto 13:20-21 dan ilhomlanib bu obrazni yaratgan bo’lsa kerak. Nima uchunligi sizga tushunarlimi?

Masihiy ko’pincha kitobni o’qib dalani aylanib yurardi.

Xushxabarchi dalani qandaydir tarafini ko’rsatib: “U ufqdagi nurni ko’ryapsanmi?” – deb so’radi.

Qo’shnilari ham uni qaytarishmoqchi bo’lib baqirdilar lekin u quloq solmadi.

2. Darvoza

O’zgaruvchan odatdagiday o’zicha yangilikdan quvondi.

– Aytchi biz u yerda nima va qanday mo’jiza topamiz? – so’radi O’zgaruvchan.

– Kitobda aytilganki, biz u yerda ajoyib bir Hokimlarning Hohimi boshqaradigan Shaharni topamiz, – deb javob berdi Masihiy. – U yerda Xudovand, Uning farishtalari va mana shu yo’ldan bizgacha o’tganlar yashaydi. Biz u Shaharning darvozasiga etganimizda Boshqaruvchi bizlarni xursand qiladi va biz u yerda yashovchilarning hammasi bilan abadiy baxtli bo’lamiz.

– Yugurdik! – deb baqirdi O’zgaruvchan. – Men ularning hammasini tezroq ko’rmoqchiman!

– Sen meni kechirginu, lekin menga qop tez yurishimga xalaqit beryapdi, – dedi Masihiy. Birdaniga O’zgaruvchan qo’rqib baqirib yubordi. U oyog’ini tagiga qaramasdan botqoqqa tizzasigacha kirib ketgandi. Masihiy ham izma iz yurib shu kichkina ko’lmak emas haqiqiy botqoqqa tushib ketdi. Botqoqolik har doim o’ziga so’rib, ularni chuqurroq va chuqurroq o’ziga tortardi.

O’zgaruvchan bu botqoqlikdan chiqish uchun uzoq tirmashdi, qirg’oqqa yana arang qaytib chiqib olgach orqaga qaytishga qat’iy qaror qildi.

– Agar bizni shu kutayotgan bo’lsa, u yog’iga o’zing ketaver!

Va O’zgaruvchan yo’lini davom etmay, to’g’ri uyiga qaytib ketdi. Masihiy esa botqoqda pitirchilashda davom etardi. U chuqur va yana chuqurroq botib xar daqiqada kuchsiz, kir bo’lib sarosimaga tushayotgan edi. Va birdaniga u kimningdir

– Qo’limdan ushla, – degan ovozini eshitdi. Masihiy boshini ko’tarib qo’lini cho’zib turgan, ko’rinishidan juda mehribon bir odamni ko’rdi. Masihiy u odamni qo’liga tirishgancha ushlab oldida yerga chiqib oldi.

– Raxmat, do’stim, raxmat! – dedi Masihiy arang.

– Mening ismim Ko’mak, – dedi kulib.

– Meniki esa – Masihiy, – dedi bizning yo’lovchimiz. – Men u darvoza tomon ketayapman va ehtiyotsizligim tufayli botqoqqa tushib ketdim. Endi yetib borolmayman deb o’ylagan edim.

– Umidsizlikbotqog’iga tushib ketganlarning hammasi shunday deb o’ylaydilar, – dedi Ko’mak. Shuning uchun undan o’tish mumkin bo’lgan zinani xech kim ko’rmaydi.

– Men ham ularni payqamapman… – deb xafa bo’ldi Masihiy.

– Endi hammasi joyida, – deb unga dalda berdi Ko’mak. – Senga oq yo’l, ko’rishguncha!

– Ko’rishguncha, yana bir bor raxmat, – dedi Masihiy, yo’lakchadan darvoza tomon ketayotib oyog’ini tagiga e’tibor berib qadam tashlagancha.

Hammasi yaxshi o’tib ketdi, mana bizning ziyoratchimiz dalani chap tomonida kelayotgan bir odamni ko’rishdi. U Masihiyga yoniga keldi va ular birga suhbatlashib ketishdi.

– Mening ismim Dunyoviy Donolik. Senikichi?

– Masihiy.

– Juda charchagan ko’rinasan. Uzoqqa ketyapsanmi?

– U uzoqda ko’rinib turgan darvozaga ketyapman, – deb javob berdi Masihiy.

– Sen meni kechirgunu, senga qopsiz u yerga borish osonroq bo’lardi, – dedi uning suhbatdoshi.

– Qaniydi! – qoshilib qo’ydi Masihiy. – Faqat men uni olib tashlay olmayman. Shuning uchun darvoza tomon shoshilyapman. Xushxabarchi ismli bir odam menga u yerda yordam berishlariga va’da berdi va yo’lni ko’rsatdi.

– U senga faqat bitta yo’lni ko’rsatgan va u juda xafvli. O’ylaymanki buni o’zing ham tushunib etding, – dedi Dunyoviy Donolik Masihihiyning kiyim va oyoqlariga qararkan. Keyin u so’radi: – Menga aytchi orqangdagi qop qaerday paydo bo’ldi?

– O’zim ham bilmayman, – javob berdi Masihiy, – men bir kitob o’qigan edim birdaniga orqamdan o’sib chiqdi.

– M-ha… – dedi Dunyoviy Donolik, kallasini qimirlatib. – Men ham shunday deb o’ylagan edim. Oddiy odamlar bu kitobni tushunishga harakat qilganlarida har doim shunday bo’ladi. Lekin sen xafa bo’lma. Men seni bu tashvishinga yordam beraman. Ana u chapdagi yo’lakchani ko’ryapsanmi? U Nasihat deb ataluvchi qishloqqa olib boradi. Birinchi uyda mening Qonun degan yaxshi tanishim yashaydi. Uning oldiga kir. U sendan tezgina bu yukni olib tashlaydi.

Masihiy uning so’zlaridan juda xursand bo’lib ketdi, lekin u buning uchun ketayotgan yo’lidan boshqa tomonga burulishi kerakligini tushundi. U nima qilishni bilmay, ikkilanib turardi.

– Bor, bor! Qo’rqma! – davom etdi Dunyoviy Donolik. – Yukingdan boshqa xech narsangni yo’qotmaysan! Undan keyin agar uyinga qaytishni xohlamasang, shu yerdan uy sotib ol, oilangni olib kelib yasha. Bu yerda narxlar unchalik qimmat emas, odamlar ham yomon emas. Ana, yangi hayotni boshla, senga yana nima kerak!

– To’g’ri, – deb uni ma’qulladi Masihiy. – Raxmat senga! Ko’rishguncha!

– Senga yordamim tekkanidan xursandman, omad tilayman! – deb javob berdi Dunyoviy Donolik.

Shunday deb u o’z yo’lida davom etdi, Masihiy esa yukidan tez orada ozod bo’lishiga xursand bo’lib to’g’ri ketayotgan yo’ldan qishloq tomon burildi.

Lekin xursandchiligi uzoqqa cho’zilmadi. Qishloqqa ketish yo’lida bir tog’ bor edi. Unga yaqin kelgani sayin, qo’rquvi kuchaya boshladi, yuki ogirlashibbordi.

Toqqa yaqinroq kelgach yo’lning ustida osilib turgan toshni ko’rdi. Nima qilishini bilmay, yana ham vahimaga tushib qo’rqa boshladi. Va birdaniga tog’dan olov uchlari ko’rindi. Uni ko’rgan Masihiy umuman o’zini yo’qotib qo’ydi. – Ey, Dunyoviy Donolikka quloq solib yo’limdan burilmasligim kerak edi, – dedi Masihiy.

U qo’rquvdan qaltirab terlab ketgan edi. Hozirgi bu holatini Xushxabarchini ko’rishini xohlamay turganida, Xushxabarchi yerni tagidan chiqqanday oldida paydo bo’ldi.

Xushxabarchi jiddiy bo’lib unga Xudoning yo’lidan boshqa yo’ga burulish xavfliligini tushuntirdi. Bu so’zlarni eshitib Masihiyni xafa bo’lib, ruxan tushkunlikka tushib qoldi. Xushxabarchi buni payqab yumshoqlik bilan: – Ko’ryapsanmi, Masihiy, Dunyoviy Donolik ko’rsatgan yo’l shubhasiz o’limga olib boradi. Uning o’rtog’i Qonun hali bororta ham yo’lovchini yukidan ozod qilmagan. Faqat bir joyda ozodlikka erishish mumkin, bu – Xoch. Dunyoviy Donolik buni biladi, lekin unga bu yoqmaydi. Shuning uchun u seni Xochga boradigan yo’ldan boshqa yo’lga burdi.

– Nima qilib qo’ydim, endi nima qilaman?! – baqirdi Masihiy.

– Afsuslanib tovba qilyabsanmi, demak, sen kechirilding, – deb Masihiyni xursand qildi Xushxabarchi. Tetik bo’l, to’g’ri yo’lga qayt va boshqa u yo’ldan burulma!

– Yaxshi,yaxshi! – deb va’da berdi Masihiy.

Xushxabarchi kulib uni quchoqladi va uinga oq yo’l tiladi.

– Raxmat senga, – deb Masihiy yo’l tomon shoshilib ketdi. U xech qaerda burulmay va to’xtamay to’ppa to’g’ri ketdi. Va nihoyat U darvozaga yetib kelganida qorong’u tushib qolgan edi. Darvozada: ”Taqillating va ochishadi” – deb yozilgan yozuv bor edi. U bir necha marta taqillatdi, lekin ochishmadi, u yana qattiqroq qat’iylik bilan taqillatgancha qattiq baqirib: “O’tinaman, meni ichkariga kirgizinglar!”

Va nihoyat oyoq tovushlari eshitildi.

– “Kim bu”, – so’rashdi undan.

U kimligini, nima uchun bu yerga kelganini aytdi va darvoza sekin ochila boshladi.

Keyin eshik sekin ochildida kimdir uni qo’lidan ushlab ichkariga tortib oldi. Darvoza tezda yopilishi bilan bir daqiqa o’tmasdanoq shutak ovozi va qandaydir past ovoz eshtildi. Hayron bo’lgan Masihiy uni ichkariga tortib olgan odamga burilib qaradi.

– Men darvozabonman, ismim Ko’ngilli. Agar tez harakat qilib seni ichkariga tortib olmaganimda, nayza orqanga tegar edi. Bu yerga yaqin joyda kapitan Veelzevulga tegishli qasr bor. U o’zining odamlari bilan darvozadan kirmoqchi bo’lganlarni poylab ichkariga kirishlariga qarshilk qiladi.

– Masihiy darvozabonga uni qutqarib qolgani uchun minnatdorchilik bildirdi va o’zi haqida gapirib berdi. Ko’ngilli Masihiyni boshidan kechgan voqealarini qiziqish bilan eshitdi, keyin Masihiy ketishi mumkin bo’lgan yo’lni ko’rsatdi.

– Ana u tog’ri yo’lakchani ko’ryapsanmi? – so’radi u

– Xa, – deb javob berdi Masihiy. – U yerda burulishlar ham bormi? Adashib qolishdan qo’rqaman.

– Adashmaysan. – dedi Ko’ngilli, – faqat xech qaerda burilma. Boshqa yo’llar keng va qiyshiq, shuning uchun bu to’g’ri yo’lni ular bilan adashtirib qo’yish mumkin emas.

– Yaxshi, – dedi Masihiy. – Bu yo’lakcha qayerga olib boradi?

– Katta va chiroyli uyda yashovchi Sharhlovchinikiga. U seni yaxshi kutib oladi va xursand qiladi. Unikida ozgina yashagin, undan ko’p narsa o’rganish mumkin.

– Raxmat, ko’rishguncha – deb xayrlashdi Masihiy.

Va u hozirgina eshitgan chiroyli uyga qarab, yo’lakchadan shoshilgancha ketdi. Masihiy tez orada Ko’ngilli aytganidek katta va chiroyli uyni ko’rdi va h ayajonlangancha asosiy kirish tomon yo’naldi.

Ko’mak: U Masihiy Umidsizlik botqog’iga cho’kib ketayotganida kelib u yerdan chiqarib oldi. Uning ko’rinishi muloyim, do’stona yordam kerak bo’lganda doim yordam qo’lini cho’zishga tayyor odamdir. Bun’yanbu obrazni Zabur 40:2 dagi oyatni o’ylagan bo’lsa kerak.

Dunyoviy Donolik: Dunyoviy donolik bilan to’lgan Masihiyga kerakliday tuyuldi. U o’z donoligi bilan Masihiyni yukidan tezroq qutulishi uchun ko’p tanishlarni bilardi. Bunday odam hech qachon adashmaydiganga oxshaydi! Lekin Masihiy uni gapiga kirib yo’ldan adashgach yo’lidan chiqqan notanish odamlarga ishonavermaydigan bo’ldi. Xuddi shundaylarni havoriy Yuhanno yozadi: 1Yuhanno 4:5

O’zgaruvchan qat’iylik bilan orqaga qaytib Masihiyni Umidsizlik botqig’ida qoldirib ketdi.

Va birdaniga tog’dan olov uchlari ko’rindi. Uni ko’rgan Masihiy umuman o’zini yo’qotib qo’ydi.

Masihiy eshikni yanada qattiqroq taqillatib: “Iltimos meni ichkariga kiritinglar” – deb baqirdi.

Darvoza yopilishi bilan ozgina daqiqadan keyin shutak ovozi eshitildi …

“Sen adashmaysan faqat hech qayerga burilma” – dedi Ko’ngilli.

3. Xoch

Katta zinalardan ko’tarilib, eshikni taqillatdi. Eshikni ochishganda Masihiy uy egasini ko’rmoqchi ekanligini aytdi va tez orada Sharhlovchi chiqib keldi. Masihiy unga kimligini, qayerdan kelib, qayerga ketayotganligini tushuntirdi va Sharhlovchi uni xursand bo’lib ochiq chehra bilan kutub olib uyiga taklif qildi.

Ziyoratchi Sharhlovchinikida bir necha kun qoldi. Uyda juda ko’p qiziqarli burchaklar, odamlar, xonalar, narsalar bor edi. Masihiy ulardan kelasi sayohati uchun kerak bo’ladigan ko’p narsalarni o’rgandi.

Birinchi unga ko’rsatishgan xonada devordagi bitta rasmdan boshqa xech narsa yo’q edi. Unda boshida toji va qo’lida kitobi bilan turgan bir inson tasvirlangan edi. U dunyoga teskari qarab turgan bo’lib u Odamdan qandaydir nur taralib turardi. Yuzidan sevgi, donolik, inoyat yarqirardi. Masihiy bunday Yuzni xech qachon ko’rmaganidan unga ko’z uzmasdan qarab turdi.

– Kim u? – va nihoyat so’radi Masihiy.

Sharhlovchi kulib:

– Sening ko’rinmas Hamrohing. U seni butun yo’lingda yo’ldoshing bo’ladi.

Boshqa xonada Masihiy boshqa hikmatli voqeaning guvohi bo’ldi. Xonada Ehtiros va Sabr toqat nomli ikkita bola o’tirar edi. Ehtiros juda odobsiz edi. Uning atrofida har xil o’yinchoqlar sochilib yotardi, u ularni sindirib har yoqqa irg’itardi.

Sabr toqat esa jimgina stulda o’tirar, uni o’yinchoqlari ham yo’q edi. Ehtiros unga qarab miyig’ida kulib uni masxaralardi. Sabr toqat esa uni payqamaganday jim o’tirib qandaydir xursandchilikni kutib o’tirar edi.

– Ey bechora! – deb Sabr toqatni ustidan kuldi Ehtiros. – Seni hech narsang yo’q, nimanidir o’tirib kutyapsan!

Lekin Sabr toqat Ehtirosni masxarasiga hech narsa deb javob bermadi.

Natijada sindiraverganidan oxiri Ehtirosni o’yinchoqlari qolmadi. U siniq o’yinchoqlar orasida xafa bo’lib o’tirar edi. Sabr toqat esa burchakda tinch va jim o’tirirardi.

Sharhlovchi Masihiyga bu hikmatni ma’nosini tushuntirish uchun chekkaga tortdi.

– Ehtiros – bu bugundi kun bilan yashaydi. U hozirni o’zidayoq unga yaxshi bo’lishini xohlaydi. Sabr toqat – bu osmonga ketayotgan odam. U xaqiyqiy quvonchni, xazinani kutadi va bekorchi narsalarga kuchini sarflamaydi.

Masihiy buni tushundi va yaxshi eslab qoldi. U keyinroq ko’rgan qo’rqmas jangchini esidan chiqarmadi.

Sharhlovchi uni chiroyli qasrga olib bordi. U yerda odamlar oltin kiyimlarda balkonda yurar edilar. Masihiy u qasrda bo’lish uchun hamma narsasini berishga ham tayyyor edi! U yerga kirishni orzu qilayotgan bitta u emas edi, hovli u yerga kirmoqchi bo’lganlar bilan to’la edi. Darvozabon u yerda o’tirib ularning ismlarini yozar edi. Lekin nomlarini yozdirib bo’lib qasrga yaqinlashgani qo’rqar edilar chunki u yerda darvozani qo’riqlab turadigan qurollangan qo’riqchilar turar edi.

Keyin korinishidan qo’rqmas va boshqalarga qaraganda qarorli bir jangchi keldi. Darvozabonga yaqinlashib: – mening ismimni yozing – dedi.

Jangchi vaqt o’tkazmasdanoq, dubulg’asini tushirib, qilichini sug’irib qo’rqmasdan qo’riqchilarga tashlandi.

Jang boshlandi. Jangchi yaralandi, lekin u noumid bo’lmasdan va qo’rqmay kurashishda davom etdi, va nihoyat, darvozaga yetib keldi. Darvoza ochilib uni ichkariga olib kirishdi. Qasrda yashovchilar uni yaralarini bog’lashdi va unga oltin kiyimlar kiygizishdi. Masihiy buni ko’rib yo’lidagi to’siqlarga qarshi tura oladigan shu qo’rqmas jangchiday bo’lgisi keldi.

Keyin Sharhlovchi uni boshqa uchinchi xonaga qafasdagi Sozidan Qaytgan odamni ko’rsatgani olib bordi. Bu odam haqiqat yo’ldan og’ib o’z yo’lidan ketgan natijada boshi berk ko’chaga kirib qolib – noumid bo’lib qolgan. Bu unga oddiy chiqib ketish mumkin bo’lmagan qamoq, temir qafas bo’lib qoldi.

Masihiy unga ahvolini ko’rib, xafa bo’ldi. Yana Qo’rqoq ismli bir odam Hukm kunini kutib iztirobda u yoqdan bu yoqqa yurardi.

Va nihoyat Masihiy qasrni tark etadigan va yo’lini davom etadigan kun ham keldi. Masihiy Sharhlovchi bilan xayrlashib, ko’rgan va eshitganlarini o’ylab, xulosa qilib shahdam qadamlarda oldinga qarab ketdi.

Tez orada yo’lni ikkala tarafida ham katta hafrlar bilan: NAJOT, ded yozilgan ko’rsatkichlar paydo bo’ldi. Masihiy buni o’qib juda xursand bo’ldi chunki Sharhlovchi aytgan joy yaqin qolgan edi-da. Bu yerda faqatgina bu yerda u carchagan og’ir yukidan ozod bo’ladi.

To’g’ri yo’l birdaniga tepalikka, qarab ko’tarildi. U toqqa olib boradigan yo’l edi. Masihiy tepalikka tezroq chiqishni xohlab yugurdi. Va u birdaniga oldida yog’och xochni ko’rdi. Xoch tog’ning tepasida turar edi. Uning pastrog’ida ochiq qabr bor edi. Masihiy xochga yaqinlashi bilan orqasidagi yuki ochiq qabrga yumalab ko’zdan ketib g’oyib bo’ldi.

Va nihoyat ozodlik! Keyin Masihiy bir muncha vaqt xochda uning yukidan abadiy ozod qilish uchun Kim o’lganligi haqida o’ylab qoldi. Uning baxtli yuzidan minnatdorchilik va xursandchilik yo’shlari oqdi.

Birdaniga u unga yaqinlashib kelayotgan uch kishini ko’rdi. Yo’q ular odam emas, nur bilan porlayotgan farishtalar!

Senga tinchlik tilaymiz, – deyishdi Farishtalar.

Farishtalardan biri:

Sening gunohlaring kechirildi! – dedi.

Ikkinchisi uning ustidagi kir, yirtilib ketgan kiyimini yechib, yangi va tozasini kiydirdi. Uchinchisi esa uning peshonasiga endi u Xudoga tegishliligini bildirib turadigan belgi qo’ydi. U yana unga Va’da deb nomlanadigan oltin kalit va o’qishi uchun o’roliq Muqaddas Yozuvni berdi. Masihiy ularni cho’ntagiga soldi va farishtalar g’oyib boldilar.

Masihiy xursandligidan bir joyda tura olmay sakrar, ovozi boricha qo’shiq kuylar edi. Lekin u tog’ning tepasida uzoq qola olmaydiku, shuning uchun u pastga vodiy tomon yo’l oldi. Ba’zida u yo’lda uchraydigan boshqa sayotchilar bilan muloqatda bo’lar edi, lekin ko’proq yurib ketayotib Muqaddas Yozuvni o’qir va yaqindagina u muxtoj bo’lgan umid va daldani olar edi.

Vodiyni tugaydigan joyida Qiyinchilik Tog’i bor edi. U yerga to’g’ri va tor yo’lakcha olib borar edi. U yerga ketishdan oldin Masihiy buloqdan suv ichib oldi.

Birinchi u tez yurib ketayotib: ”Qiyshiq va nato’g’ri yo’ldan, qiyin bolsa ham to’g’ri yo’l avzal” – deb dalda berar edi o’ziga o’zi. Lekin tez orada tepalik yanada tepaga ko’tarildi yo’lda toshlar ko’p edi, natijada u hatto emakalab yurishga ham majbur bo’ldi.

Yarim yo’lga yetganda u soyali daraxtni va uni tagida turgan o’tirg’ichga duch keldi. U dam olish va qimmatbaho Muqaddas Yozuvni o’qish uchun o’tirdi. U juda ham charchagani uchun uning ko’zlari o’z-o’zidan yumila boshladi. Tez orada u qattiq uxlab qoldi va qolidagi o’roliq Muqaddas Yozuv yumalab o’tirg’ichni tagiga tushib ketdi. Quyosh ham asta sekin botayotgan edi u esa hali ham uxlab yotar edi.

Sharhlovchi: U tug’ma muallimlik qobilyati bor o’qituvchi. Masihiy uning ajoyib uyda u bilan birga vaqt o’tkazib suhbatlashmaganida oldindagi sayohatida qiyinchiliklardan o’tish unga qiyin bo’lar edi. Mashiy undan oldida turgan sayohat uchun ko’p narsalar o’rgandi. Bun’yani Rabbimizni Yuhanno 14:13 dagi so’zlariga binoan bu obrazni yaratgan.

Jangchi qilichini sug’irib qo’rqmasdan qo’riqchilarga tashlandi.

Masihiy xochni yoniga kelishi bilan yukidan xalos bo’ldi.

Xursandligidan Masihiy bir joyda turolmay: sakrardi, sapchirdi va ovozini boricha kuylardi.

4. Jang

– Tur uyquchi! – degan kimningdir ovozini eshitdi Masihiy. U ko’zini ochib aybdorday u yoq bu yoqqa qaradi lekin xech kimni ko’rmadi.

“Menimcha juda ko’p uxladim shekilli” – dedi qorong’u tushganini ko’rib va sakrab turdida tepalikka chiqish uchun tirmashishni davom ettirdi. Ko’p o’tmay u pastga qarab yugurib ketayotgan ikkita odamni ko’rdi.

Sizlar nato’g’ri yo’lga ketyapsizlar! – dedi baqirib Masihiy.

Sen osmonni nazarda tutayotgan bo’lsang biz u yoqqa borishga harakat qildik lekin u yerga borish juda ham qiyin ekan. Shuncha qiynalganimiz etar endi orqaga qaytib ketyapmiz. – dedi Qo’rquv.

Ha, ha! – deb uni gapini ma’qulladi Imoni sust. – U yerdagi sherlarni ko’rgach hayotimizni xavf ostiga qo’yishni istamaymiz, nima sherlarga em bo’liylikmi? Raxmat kerak emas!

Masihiy qo’rqib ketdi, lekin baribir u: “Orqaga qaytsak bizni o’lishimiz aniq, shuning uchun menga qo’rqinchli bo’lsa ham oldinga qarab yuraman. Yo’lning oxirida xavflar yo’q, u yerda bizni osmon kutmoqda”.

Qanday qaror qabul qilish sening ishing! – dedi Qo’rquv va pastga shoshilib tushib ketdi. Masihiy esa tebaga ko’tarilishda davom etdi.

Hozir unga dalda, kuch va jasorat juda ham kerak edi. Shu sababdan u Muqaddas Yozuvni olish uchun cho’ntagiga qo’lini solgan edi va … uni topa olmadi. Bu nimasi? U shunchalik qo’rqib ketganidan to’xtashga majbur edi. Bir past o’ziga kelgandan keyin oxirgi paytda uxlahsdan oldin Uni olib o’qigan joyni esladi. Ko’p o’ylab o’tirmay orqaga qaytishga qaror qildi. Masihiy xafa bo’lib asta yurib kelgan yo’lakchani diqqat bilan qaradi lekin xech narsa topa olmadi. Dam olgan daraxt tagidagi o’tirg’ichgacha topolmay xafa bo’lib keldida o’tirib yig’ladi. Va birdaniga o’tirg’ich tagida nimadir turganini ko’rdi qarasa… qanday baxt! Bu o’sha o’roliq Muqaddas Yozuv edi!

Masihiy uni oldida ichki cho’ntagiga soldi Xudoga yordam uchun o’z minnatdorchiligini aytib tepaga qarab yo’l oldi. U hali yorug’ligida cho’qqiga yetib olish uchun shoshildi lekin ulgurmadi quyosh botdi. Keyin u uxlab bekor vaqtini o’tkazgani uchun afsuslandi. Buni ustiga Qurquv va Imoni sust aytgan sherlar esiga tushib yanada vahima bosdi.

Baxtiga to’g’risida qandaydir binoni ko’rib qoldi va u yerda tunagani joy so’rash uchun yo’l oldi. U joy Quvonch Qasri edi va uning oldida darvazobonning uychasi bor edi. Uychaga bir yo’lakcha olib borar edi. Masihiy bu yo’lakchadan yura boshlagandi birdaniga to’xtab qoldi va uning yuragi tez-tez ura boshladi.

Uning to’g’risida yolakchani ikki tarafida katta, och, qo’rqinchli sherlar yotar edi. U qochmoqchi bo’lib turganda kimningdir mayin ovozda:

“ Sherlardan qo’rqma! Ular bog’langan. Agar sen yo’lakchani o’rtasidan yursang ular senga tegmaydi. Menga ishon va bor!” – deganini eshitdi.

Masihiyni oyoqlari qaltirardi lekin u ovozga quloq solib oldinga qarab yo’lakchani ortasida borardi. Sherlar unga ovozlarini boricha bo’kirar edi lekin tegmadi.

Darvozabon eng xavfli daqiqalarda Masihiyga taskin bergan xolda undan u kim o’zi, nega bunchalik kech kelganligini so’radi. Masihiy unga boshidan kechirganlarini aytdi va o’z navbatida Quvonch Qasrida tunash uchun joy so’radi.

Darvozabon: ”To’xtab turchi men uy boshqaruvchidan soray” – dedida devordagi ipni tortdi. Bu oziga xos qo’ng’iroq edi. Bir muncha daqiqadan keyin darvoza yoniga jozibali bir qiz keldi. Uning ismi Kamtarlik edi. U Masihiyga bir nachta savollar bergandan keyin singillari Xudojo’yni, Idroklini, Sevgini chaqirdi. Masihiy osmonga boradigan yo’ldan mustahkam ketayotgani ularga yoqdi.

Ular uni qasrga olib bordilar darvozani ochib: “Kiring, aziz mehmon! Bu Qasrni senga o’xshagan ziyoratchilar uchun tepalik Hukmdori qurgan” – dedilar.

Masihiy o’z minnatdorchiligini bildirib ichkariga kirdi. Qizlar unga dasturxon soldilar va bu ajib Qasrni qurgan Hukmdor haqida gapirib berdilar. U o’lim xukmdori bilan jang qilib jangda g’olib chiqqanligini, buning uchun U osmondagi O’z ulug’vorligidan kechib xochda o’lganligini, U buni faqat Masihiyga o’xshagan insonlarni abadiy azobdan qutqarish uchun qilganligini aytishdi. Bu erdagilardan ba’zilari Uni o’limidan oldin ko’rishgan. Aytishlaricha U ziyoratchilani sevar ekan. Ularning ba’zilari esa hozir osmonda boshqaruvchilardir.

Masihiy ovqatlanib bo’lgandan keyin ular uni Orom yotoqxonasiga olib bordilar, chunki u yerda har doim orom hukm surar edi. Masihiy butun tun yaxshi dam oldi va uyg’ongach quvonchdan qo’shiq aytdi. U bir necha kun Qasda bo’ldi va Qasrni diqqatga sazovor joylarini, zallarini va xonalarini tomosha qildi. Ba’zida u qizlar bilan suhbatlashardi.

Bir kuni ular uni tomga olib chiqib uzoqdan ko’rinib turgan Immanuilning Yeridagi ajoyib tog’ni, suvlarni va o’rmonlarni ko’rsatdilar. Masihiy yo’lga chiqishni juda ham xohlada va yana Darvozabon unga qandaydir bir odam darvozadan kirib tor va tekkis yo’lakdan qasrga qarab ketganligini aytdi. Masihiy u odamni biladiganga o’xshar edi va u bilan birga yo’lini davom ettirmoqchi edi lekin ketishdan oldin yaxshilab tayyorgarlik ko’rishga qaror qildi.

Qizlar unga boshdan oyoq qurollanib olishi uchun ritsarlar kiyimini, yo’lga oziq-ovqat berdilar va tog’ pastigacha kuzatib qo’ydilar. U ularga minnatdorchiligini aytib Azob yoki boshqa nomi Kamsitilish vodiysi bo’ylab ketdi. Tez orada vodiy nega bunday nomlanishini bilib oldi.

U ozgina yurar yurmas uning yoniga qandaydir terisi tangasimon bo’dir-bo’dir, katta qananotli bir maxluq kelayotganini ko’rdi. Uning boshi sherga, qo’li va oyoqlari ayiqnikiga o’xshardi. Og’zidan olov purkardi.

Bu Hukmdorning vaxshiy dushmani Apollion edi.

- Qayerdan kelyapsan? – deb hayqirdi maxluq qo’rqinchli ovozda.

- Xaroba shahridan, – deb javob berdi Masihiy. Undan juda qo’rqar edi lekin shunday bo’lishiga qaramasdan qochmaslikka qaror qildi.

- Unda sen menikisan, – dedi maxluq.

- Yo’q endi men seniki emasman, – dedi u jasurlik bilan. Qachonlardir senga xizmat qilganimda men baxtsiz edim va mening senga bo’lgan xizmatimni evazi o’limdir.

Apollion Masihiyga boshqa tarafidan ayyorlik qilishga qaror qildi va do’stonalarcha:

“Uyinga qayt, men u yerda hammasi yaxshi bo’lishi uchun ko’z quloq bo’lib turaman” – dedi.

- Yo’q, men boshqa hamma narsani Hokimi bo’lga Hukmdorga xizmat qilishga va’da berdim, – deb javob berdi Masihiy.

- Shundaymi, unda sen qiynalasan, chunki Uning hamma xizmatkorlari qiyinchilikka duchor bo’ladilar, – deb ogohlantirdi maxluq.

- Ba’zida bu shunday tuyuladi lekin aslida bunday emas ya’ni bu nato’g’ri. Chunki oxirida Uning xizmatchilari Uning xursandchiligini va quvonchini baham ko’rishadi, – dedi Masihiy.

- Ha, Sen o’z kuching bilan yukingdan ozod bo’lmoqchi bo’lding, o’roliq Yozuvni yo’qotding, sherlarni ko’rganingda orqaga qaytib ketishingga oz qoldi. Shulardan keyin ham U seni qabul qiladi deb o’ylaysanmi? – deb so’radi Apollion.

- Ha to’g’ri aytding. Meni shu narsalar qiynar edi. Men kechirim so’radim va U meni aybu gunohlarimni kechirdi!

Buni Apollion ko’tara olmadi va o’zini muloyimday qilib ko’rsatayotgan niqobini yig’ishtirib, unga bo’kirgancha:

- Men sening Hukmdoringni, Uni Qonunlarini va xizmatchilarini yomon ko’raman. Hozir esa sen bilan jang qilaman.

- Shundaymi unda ehtiyot bo’l, – dedi jasurlik bilan Masihiy. Esingda bo’lsin men Qirolning muqaddaslik Yo’lidaman!

- Meni qo’rqita olmaysan! – deb bo’kirdi Apollion. Yana birorta so’z aytsang o’ldim deyaver!

Ular uzoq jang qilishdi. Apollion raqibiga olovli nayzalarini otdi, Masihiy esa ikki tomoni o’tkir dudama qilichi bilan ularni kesib sindirdi. Masihiyning boshi, qo’li va oyog’i yaralangan edi. U ko’p qon yo’qotgani uchun holdan toydi. Uning holsizlanyotganini ko’rgan maxluq yoniga keldi va uni yerga yotqizdi. Shu payt Masihiyning qilichi qolidan chiqib ketdi. Apollion Masihiyni yerga bosardi Masihiy hatto nafas ham ola olmas edi.

- Endi sen menikisan! – deb bo’kirdi maxluq o’ldirish uchun qo’l ko’taryotib. Lekin Masihiy bor kuchini yig’ib qilichini oldida: ”Seniki emasman”, – deb baqirgancha maxluqni biqiniga sanchdi. Apollion butun og’irligi bilan yerga quladi. Masihiy yana qilichini maxluqqa suqib:

- Men seniki emasman! Senikimasman! Mening Hukmronim menga sening ustingdan g’alaba qozonishim uchun yordam beradi.

Apollion bunga chiday olmay qanotlari bilan uchugancha ko’zdan g’oyib bo’ldi.

Masihiy arang oyoqqa turdi. Kuchsiz, yaralangan lekin baxtli Masihiy ibodat qilib g’alaba uchun Xudoga shukuronalar bildirdi.

Birdaniga oldidan barg ushlab turgan qo’l chiqdi. “Menimcha bu hayot daraxtidan bo’lsa kerak”, – deb o’yladi u. Masihiy barglarni olib yaralariga qo’ydi va shu onda tuzaldi. Keyin sumkasidan qizlar bergan oziq-ovqatni olib edi. U xech qachon shunday quvonch va xursandchilik bilan ovqatlanmagan edi.

Endi u yo’lida davom etsa bo’ladi. U xavfga tayyor turish uchun qo’lida qilichini mahkam ushlab oldi lekin vodiyning oxirigacha xavfga duch kelmadi.

Sevgi: Masihiy to’rtta opa singillar yashaydigan Quvonch Qasriga kelganda charchagan va holdan toygan edi. Ular Masihiyni xushmuomalalik bilan kutib oldilar, g’amxo’rlik ko’rsatdilar, maslahatlar berdilar. U yerdan ketayotib Masihiy hamma to’siqni yengishga tayyor edi. Bun’yani bu obrazni yaratganda 1-Korinfliklar 13:4-8 oyatlarini eslagan bo’lsa ajab emas.

Apollion: Xudoning dushmani. Nima qilib bo’lsa ham har xil yo’llar bilan ziyoratchilarni yo’ldan qaytarishga harakat qiladi. U o’zini tashqi ko’rinishini o’zgartirib, ajdaho ko’rinishida keldi. Birinchi u Masihiyni orqaga uyiga qaytarishga ishontirishga harakat qildi, bu uning buyrug’i ekanligini aytdi. Ishontira olmagach Masihiy bilan jang qildi. Uning ismini Bun’yani Vahiy 9:11 dan olgan. O’qib ko’ring.

Masihiyni oyoqlari qaltirardi lekin u quloq solib oldinga yurdi. Sherlar ovozlarini boricha bo’kirishdi lekin tegmadilar.

Bir kuni qizlar uni tomga olib chiqib uzoqdagi tog’larni ko’rsatdilar.

5. Sodiq

Yo’l to’g’ri va tekkis bo’lib yana boshqa vodiyga olib bordi. Masihiyning kayfiyati yaxshi edi va jadal qadamlar tashlab oldinga qarab ketar edi. Birdaniga uning yoniga yugurib kelayotgan ikkita notanish odamga ko’zi tushdi. Ular kimdir quvib kelayotganga o’xshab yugurar edilar.

- Qayerga ketyapsizlar? – baqirib so’radi Masihiy.

Uning yonidan yugurib o’tib ketayotib, arang:

- Uyga ketyapmiz va senga ham qaytishni maslahat beramiz, – deyishdi.

- Nimaga? – dedi u hayron bo’lib.

- Bu vodiy tufayli. Uning ismi O’lim Vodiysidir. Biz u joyda nimalar eshtganimizga va ko’rganimizga ishonmaysan!

- Nima eshitdilaring? – so’radi Masihiy.

- U yer juda qorong’u va xar joyda badbashara odamchalar, ajdaholar, yomonlar bor, – dedi bittasi.

Masihiy unchalik tushunmay, qanday ularni qorong’uda ajratsa bo’ladi, – dedi u.

- Sizlar meni yo’ldan ozdirmang, bu yo’l to’g’ri yo’l.

- Bu sening ishing, biz uyga qaytib ketyapmiz, – dedi ikkinchi notanish kishi.

Va ular yanada tez yugurib ketishdi, Masihihiy esa yo’lida davom etdi. Har ehtimolga qarshi u qilichini tayyor qilib tirardi.

Masihiy vodiy boshlanadigan joyga kelib unga nazar tashladi. Qo’rqib ketgan ziyoratchilar to’g’ri aytgan edilar, u joy juda qo’rqinchli edi. U yurishda davom etdi. Yaxshilab qarasa yo’lakcha yanada torayib ketayotgan edi. Yo’lakchani bir tarafida botqoqlik, ikkinchi tarafida chuqur zovur bor edi. Yo’l xavfli bo’lib borar edi. Hamma joy o’nqir-cho’nqir, chuqurliklar bor edi. Qop qorong’u zimistonda yurishni o’ylashni o’zi qo’rqinchli edi. Masihiy har qadamda qiyin xavflarga duch kelar edi. Keyin u to’ppa to’g’ri uning oldida turgan yonib turgan olov va big’siragan tutunni ko’rdi.

- Menimcha bu do’zaxning darvozasi bo’lsa kerak, – dedi Masihiy arang nafas ola turib. Olov har tarafga yomg’irday vahimali ovozda sachrar edi. Qayerdadir jirkanch maxluq yashirinib turar edi. Unga qarshi turishda qilicning kuchi etmas edi. Masihiy ibodat qilishga kirishdi.

- Xudovand, qutqar! – deb jon jahdi bilan baqirdi va shu onda unga qayerdandir kuch quyilganday bo’ldi va u yo’lini davom ettirishi kerakligini tushundi. Olov uni atrofini o’rab oldi va g’alati ovozlar eshtilardi. Atrofida va to’g’risida xohlagan paytda hujum qilishga tayyor qandaydir mayda, kopgina maxluqlar paydo bo’ldi; lekin u jasorat bilan oldinga qarab yurdi. Birdaniga u nimanidir bir to’da maxluqlar unga hujum qilishga tayyorlanib turganday qo’rqinchli ovozni eshitdi. Bundan o’zini yo’qotib qo’ygan Masihiy to’xtab qoldi va nima qilishini bilmas edi. Bir daqiqaga orqaga qaramoqchi bo’ldi lekin bu undan ham qo’rqinchli bo’lishini bilib yana oldinga qarab yurdi. Maxluqlar unga asta sekin yaqinlashar edi. Ular unga juda yaqin qolganida Masihiy:

- Xudoning Kuchi men bilan! – deb baqirishi bilan maxluqlar turgan joylarida to’xtab qoldilar. Masihiy esa yo’lida davom etdi. Bir necha qadam tashlaganidan keyin u

– O’lim Vodiysida yursam ham dahshatlardan men qo’rqmayman, chunki Sen men bilansan, – deyilgan taskin so’zlarni esladi. Bunday so’zlardan keyin Masihiy dadillik va tezlik bilan vodiyni qolgan qismini bosib o’tish ushun ketdi. Tong yorishib quyosh chiqqan edi. Endi kundizi unchalik qo’rqinchli emas aksincha hamma joy chiroyli ko’rinardi. Masihiy orqasiga qarab Xudovand unga qanday qo’rqinchli joydan o’tishiga yordam berganini ko’rdi. U shu joydayoq Xudovandga yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Va Masihiy shu joyda Quvonch Qasridan ketgan paytda anchadan beri ko’rishni xohlab yurgan odamni ko’rib qoldi.

U Masihiyning Xaroba shaharidagi eski do’sti Sodiq edi!

- Ey to’xta! – baqirdi Masihiy lekin Sodiq O’lim vodiysidan tezroq ketishga shoshilyotgani uchun hatto qaramadi ham. Masihiy uning orqasidan yetib olish uchun yugurdi va nafaqat yetib oldi balki o’tib ham ketdi, va bundan Masihiy faxrlandi. Undan o’tib ketayotib ajoyib hisni his qildi va oyog’ini tagiga qaramagani uchun nimagadir qoqilib yiqilib tushdi. Sodiq uning yoniga yugurib kelib turishiga yordam berdi. Masihiy jarohatlanmagan edi, faqat uning mag’rurligi jarohatlangandi lekin Masihiy do’sti uchun xursandligidan bir zumda hamma narsani unutdi.

Ular bir-birlari bilan quchoqlashib so’rashishdi va yo’lni birga davom ettirdilar. Endi ular ikki kishi bo’lganlari uchun yo’l oson va yoqimli bo’lib tuyulardi, vaqt tez o’tardi. Ular bir-birlariga o’zlarining boshlaridan kechirgar sargizashtlari haqida gapirib berdidar. Ularning Hukmdori va ketayotgan yo’llari bir edi. Shuning uchun ular qanday birodar bo’lmasinlar!

- Umidsizlik Botqog’ida bo’lgansanmi? – so’radi Masihiy.

- Yo’q, sen fohisha ayolni uchratganmisan? – so’radi Sodiq.

- Yo’q, uning ko’rinishi qanday? – so’radi Masihiy.

- U bu dunyodagi hammadan chiroyli. U meni yo’ldan qaytarish uchun nimalar qilmagan. Agar men quloqlarimni va ko’zlarimni berkitmaganimda u meni to’g’ri yo’ldan qaytargan bo’lar edi.

- Tushunarli, – dedi Masihiy. Qahramonlik Tog’ini ko’rganmisan? Uning cho’qqisiga chiqqanmisan?

- Xa u joyda bo’lganman. Lekin ungacha Birinchi Odamni ko’rganman, – dedi Sodiq.

- U kim bo’ldi? Undaqasini men uchratmadim, – dedi Masihiy.

- Xudoga shukur! Uchratmaganing yaxshi bo’libdi, – dedi Sodiq. U Qahramonlik Tog’ini pastida turar edi. U menga shunday narsani taklif qildiki ishonish qiyin. Aytishicha u juda boy ekan. Uning hashamatli uyi va uchta: Tana Xohshi, Shahvoniy Xirs, Hayot Mag’rurligi degan uchta go’zal qizlari bor ekan. Agar men unga xizmat qilsam uchala qiziga ham uylanishim mumkinligini va uning merosxo’riga aylanishim mumkinligini aytdi!

- Sen nima deb javob berding? – so’radi hayron bo’lib Masihiy.

- Bilasanmi meni rozi bo’lishimga oz qolgandi chunki u qari kishi edi. Men u aytganiday qilsam hech narsa yo’qotmas edim aksincha ko’p narsaga ega bo’lar edim. Lekin men uning peshonasidagi: ”Quloq solma va ishonma!” degan yozuvni ko’rib qoldim. U so’zlarni o’qiboq taklifini rad etdim. Undan keyin uning holatini ko’rsang edi. U oyoqlarini tappilatib menga bir urush uchun bir xizmatchisini yuborishini aytib po’pisa qildi. Men yo’lni davom ettirish uchun burilganimda u meni qattiq chimchilab oldi. Men og’riqdan baqirib yuborishimga oz qoldi. Nima bo’lsa ham men undan qochdim va toqqa qarab yurdim lekin bir mahal kimdir orqamdan kelayotganini payqab qoldim. Men o’zimda emas edim, men tezroq yurishni boshladim lekin u tepalikka boradigan yolning yarmida menga yetib oldi. U yerda katta daraxt uning tagida dam olish uchun o’tirg’ich bor edi.

- Men u yerda dam olganman, uxlab qolib farishta bergan oram Muqaddas Kitobimni yo’qotib qo’yganman.

- Shundaymi? – dedi Sodiq. – Men bilan aksincha bo’lgan. U odam meni juda qattiq urdi. Xushumni yo’qotganman, o’zimga kelganimdan keyin nima uchun u meni urayotganini so’raganman. U menga Birinchi Odam bilan ketishimga sal qolgani uchun urayotganini aytdida yana bir marotaba urdi. Yana o’zimga kelib undan rahm so’rab ibodat qildim lekin u bunday so’zlarni tushunmasligini aytib uchunchi marta urdi. Agar yordamga bir Zot kelmaganda u meni urib o’ldirar edi.

- U kim edi? – so’radi Masihiy.

- Birinchi men tushunmadim, – javob berdi Sodiq, lekin U meni urayotgan kishini quvib yuborib ketayotgan paytida men Uning qo’llarridagi jarohatni ko’rdim va U bizning Hukmdorimiz ekanligini tushundim.

- Menimcha seni Muso urgan, – deb taxmin qildi Masihiy. – Chunki u qonunni buzganlarni jazolaydi. Ularga yordam bera olmaydi.

- To’g’ri aytasan, – dedi Sodiq. – Men unga diqqat bilan qarab tanidim. U meni uydan ketishimga majbur qilgan. Bilasanmi bir kuni u meni uyimga kelib agar unga quloq solmasam uyimni yoqib yuborishini aytib po’pisa qilgan. Sen unda yo’q edingku shuning uchun men yolg’iz yo’lga chiqqanman. Mana hozir biz ko’rishdik va birgamiz.

- Sen tog’dagi Qasrni ko’rdingmi? – so’radi Masihiy. – darvozabon seni ko’rganligini va sen o’tib ketganligingni aytdi. Men u odam faqat sen bo’lishing mumkinligini tushundim.

- Qanday ko’rmayin! – dedi Sodiq. Sherlarni ko’rdim garchi ular uxlayotgan bo’lsa ham. Lekin men qorong’u tushgunigacha ko’proq yurishga qaror qildim shuning uchun to’xtamadim.

- Afsus, – dedi Masihiy, – men u joyda ko’p yaxshi narsalarni ko’rdim. O’lim Vodiysida sen biror kimni uchratmadingmi?

- Nega uchratmay, men u yerda Norozini uchratdim. U meni uyga qaytishga undadi chunki agar men Osmon Shahrigacha borsam men hech narsaga ega bo’la olmasligimni aksincha hamma o’rtoqlarimni yo’qotishimni aytdi.

- Sen nima deding?

- Men ziyoratchi bo’lishga qaror qilganimda hamma do’stlarimni yo’qotganman. Lekin men ularga yana ega bo’laman chunki Osmon quvonchi va shuhrati – buyuk mukofatdir.

- Yana kimni uchratding? – so’radi Masihiy.

- Yana Uyat ismli kishini uchratdim. U meni iymonimdan, hayotimdan yangi do’stlarimdan uyalishimni xohladi. U: “ Har bir gunohi uchun tovba qilib va boshqalardan kechirim so’rash erkak kishini ishi emas” – dedi. Men unga ishonishimga oz qoldi. Lekin men o’zimga savol berdim: ”Nima muhimroq Xudoning fikrimi yoki odamnikimi?” bu savolga javobni bilardim. Xudoning Donoligi eng to’g’ri donolik. Uning Qonunlariga va Uning odamlari bilan do’stlashishdan uyalmaslik kerak. Men Uyatga shunday deb javob qaytardim va u meni o’z holimga qo’ydi.

- Qanday ajoyib! Sen boshqa hech kimni uchratmadingmi? – so’radi Masihiy.

- Hech kimni! Boshqa sarguzashtlar bo’lmadi, – javob berdi Sodiq.

- Unda meni eshit, men senga kimni uchratganligimni aytib beraman dedi sabrsizlik bilan, bu vaqt ichida u bilan nima sodir bo’lganini aytmoqchi bo’lib. Va U Apollion bilan qanday jang qilganligini batafsil aytib berdi. Sodiq uni diqqat bilan eshitdi. Keyin ular bir-birlariga sarguzashtlarini aytganlaridan keyin Sodiq bitta xatoga yo’l qo’yay dedi lekin Masihiy bunga yo’l qo’ymadi.

Sodiq: Nima bo’lishiga qaramasdan sodiqligini saqlab turadi. U Masihiyga Ma’nosiz Ko’rgazmagacha hamroh bolib ketdi va u yerda vafot etadi. Muallif Bun’yani Vahiy 2:10 dagi oyatdan ta’sirlanib shu obrazni yaratgan. Bu oyatni o’qing va o’ylab ko’ring.

“Menimcha bu do’zaxning darvozasi bo’lsa kerak,” – deb o’yladi Masihiy.

“Ey to’xta!” – baqirdi Masihiy.

Sodiq uni yoniga yugurib kelib turishiga yordam berdi.

Endi ular ikki kishi bo’lganlari uchun yo’l osonroq va yoqimliroq bo’ldi. Vaqt tez o’tardi.

6. Ma’nosiz Ko’rgazma

Yo’lning boshqa tomonida ko’rinishi kelishgan bir odam anchadan beri kelayotgan edi. Sodiq uning yoniga borib: ”Biz bilan yuring. Birga gaplashib ketsak vaqt ham sekin o’tmaydi, yo’l ham uzoq tuyilmaydi” – dedi.

- Zo’r bo’ladi! Muhim narsalar masalan: ibodat va iymon, haqiqat va qiyinchilik, Masih va Uning Xushxabari haqida gaplashishni yoqtiraman.

Sodiq buni eshtibb xursand bo’lib:

- Juda yaxshi! Unda nima to’g’risida gaplashamiz?

- Siz xohlagan mavzuda, – dedi notanish kishi. – Yer va osmon, buyuklik va kichillik, o’tmish, hozirgi vaqt va kelajak haqida gaplashishimiz mumkin. Sizlar faqat mavzuni taklif qilsangizlar bo’ldi, men gaplashishni yaxshi ko’raman.

Javob Sodiqqa yoqmadi lekin u notanish kishi ularga yaxshi hamroh bo’lishi mumkinligi haqida o’yladi. U Masihiyni yoniga kelib notanish odam bilan bo’lgan suhbatni aytib berdi. Masihiy esa kulimsirab va boshini qimirlatib:

- Sen qattiq adashyapsan – dedi u. – Men uni bilaman u So’zamol Mahmadona, bizning shaharimizdagi safsataboz Ezmaning o’g’li. U quruq gap ko’chasida yashaydi. Undan hech qanday foyda yo’q ishonaver. U ko’p gapiradiyu lekin amalda bajarmaydi. U to’g’ri gapiradi lekin noto’g’ri yashaydi.

- Unda nima qilamiz? – so’radi Sodiq. – Undan qanday bartaraf bo’lish mumkin?

Sen undan so’rachi Xudovand bizni hayotimizni o’zgartira olarmikan, – deb maslahat berdi Masihiy.

Sodiq yo’lakchani kesib o’tib Mahmadonadan so’radi:

- Seningcha qanday, agar Xudovand bizni hayotimizda ishlashni boshlasa nima sodir bo’ladi?

- Birinchidan biz gunohni va boshqa yomon ishlarni so’ka boshlaymiz, – deb javob berdi Mahmadona.

- Ha, albatta, axir ularni kim so’kmaydi, ular hech kimga yoqmaydi. Lekin baribir shunday hayot kechirishni davom ettiradilar, – deb qo’shib qo’ydi Sodiq. – Davom et.

- Ikkinchidan, – dedi Mahmadona jahli ozgina chiqib, – biz Masih va Uning Xishxabarini ko’proq bilishni boshlaymiz.

- Masihni bilish boshqa, Uning So’zlariga amal qilish boshqa, – deb ta’kidladi Sodiq, Mahmadona jahl bilan:

- Ko’rib turibman sen o’z so’zlaring bilan meni boshi berk ko’chaga tiqib qo’ymoqchisan, bo’ldi gapirmadim, – dedi.

- Men yana gapirsam maylimi? – so’radi Sodiq muloyimlik bilan.

- Menimcha senga hech kim xalaqit bermayapdi, – dedi Mahmadona sovuqqonlik bilan.

- Qachon Xudovand bizni hayotimizda ishlashni boshlaganda biz yomonlikdan, gunohdan jirkana boshlaymiz va qochamiz, Xudodan kechirim so’raymiz. Biz Unga ishonishni boshlashimiz bilan hayotimizni yangidan boshlab Qutqaruvchi uchin yashashni boshlaymiz.

U jim qoldida suhbatdoshiga qarab:

- Sen Xudoga ishonasanmi? O’z iymoning to’g’risida guvohlik berasanmi? Yashash tarzing aytayotgan so’zlaringa to’g’ri keladimi? – so’radi Sodiq.

Mahmadona g’azabdan qizarib:

- A… bu sening ishing emas, – dedi qopollik bilan.

- Men ham shunday deb o’ylayman, – dedi Masihiy do’sti Sodiqni yoniga yaqinlashar ekan.

- Nima bo’lganda ham men u bilan gaplashganimdan xursandman, – dedi Sodiq, – qachondir Mahmadona meni gaplarimni o’ylab ko’rar.

Va yana ikkalalari yo’lda davom etdilar. Bir-birlari bilan suhbatlashib va xursand bo’lib ziyoratchilar Issiq qum yeriga kelib qolganlarini payqamay qolibdilar.

Cho’lning oxiriga kelganda orqalariga qarasalar, ne ko’z bilan ko’rsinlarki ularning eski qadrdon do’sti Xushxabarchi kelayotgan ekan. Ular uni ko’rib juda xursand bo’lib ketdilar. Ular uni kutib turdilar.

- Sizlarga tinchlik bo’lsin! – dedi u.

- Sizga xam! – deyishdi ular.

Xushxabarchi ulardan o’sha paytdan beri nimalarni boshdan kechirganliklarini, oxirgi marta nima bo’lganini eshitishni xohladi.

- Men sizlar qiyinchiliklardan yaxshi o’tib to’g’ri yo’ldan og’ishmasdan kelayotganingizga xursandman, – dedi Xushxabarchi va uning yuzi jiddiylashdi. – Endi yo’l yanada qiyinlashadi shuning uchun nimani uchratmasangizlar ham to’g’ri yo’dan boshqa yo’lga zinhor burilmanglar.

- Aytchi bizni nima kutmoqda? – so’radi Masihiy.

Men sizlarga ko’p narsa ayta olmayman lekin bir narsani aytishim mumkin. Mana to’g’rida bitta shahar bor. Uning fuqorolari sizning qoningizni xohlayapdilar va sizlardan biringizni o’ldiradilar.

- Ziyoratchilar u bilan xayrlashib uni aytgan so’zlari haqida jimgina o’ylab ketar edilar. Cho’l orqada qolgan edi, oldinda esa shahar ko’rindi. Shaharning ismi Ma’nosiz edi. U o’zining ma’nosiz, qadrsiz ko’rgazmalari bilan mashhur edi va ularni sotardi. Ziyoratchilar uchun bu joy katta vasvasa edi.

Shahar darvozasidan kirib ziyoratchilar shahar ko’chasidan yurib borar edilar. Ular boshqacha kiyinib olganlarini, boshqacha gapiryotganlarini, hech narsa sotib olmayotgalarini ko’rgan shahar aholisi ularni begona ekanliklarini payqadilar. Ular ziyoratchilarni har tomondan o’rab oldilar va qiy-chuv, to’palon ko’tardilar. Baqir-chaqir va begonalar to’g’risida eshitgan shahar boshlig’i xizmatchilariga buzg’unchilarni uning yoniga sudga olib kelishni buyurdi.

Ularni ko’cha bo’ylab sudrab olib ketsalar ham ziyoratchilar qarshilik korsatmadilar va nolimas edilar. Sudni yoniga borgandan keyin o’zlarini himoya qilish uchun so’z boshladilar:

- Biz Osmon Shahriga ketyapmiz va biz buzg’unchilikni xohlamaymiz.

Lekin hech kim ularga ishonmadi.

- Agar siz buzg’inchi bo’lmasangizlar, unda ahmoqsizlar. Unday bo’lsa ham, bunday bo’lsa ham sizlarni ja’zolash kerak, – dedi sudyalar.

Ularni ayamay urdilar, yomon so’zlar bilan haqoratladilar va shahar aholisi ham ularni masxaralashi va haqoratlashi uchun qafasga qamab qo’ydilar.

Bizni ziyoratchilar o’zlarini bosiq tutdilar. Buni ko’rgan ba’zi shahar odamlari boshqalarni ularni masxaramaslikka, haqoratmaslikka ko’ndirmoqchi bo’ldilar. Lekin buni evazi yaxshi bo’lmadi ular shu to’g’risida bir-birlari bulan mushlashib ketdilar.

Keyin Masihiy va Sodiqni yana sudga olib keldilar. Sud ularni ig’vogarlikda aybladi va savalashlarini buyurdi. Undan so’ng ularni qo’llariga va oyoqlariga kishan bog’lab olomon o’rtasidan olib o’tishdi. Shahar aholisi ularni yanada ko’proq masxaralar edilar.

Ziyoratchilarning sabr-toqati, bosiqligi shahar aholisini ko’pini o’z hayotlari ustida o’ylashga majbur qaldi. Ayniqsa bir yosh yigit Umid bu haqida ko’proq o’ylaydigan bo’ldi. Va nihoyat olomon yanada g’azabga mindi va ularni o’ldirishga qaror qildilar. Baxtlariga ularni o’ldirmay yana qafasga qo’ydilar va oyoqlariga yog’och kishan kiygizdilar. Hatto bulardan keyin ham ular bir birlariga Xushxabarchini so’zlarini eslatib ruhan tushmadilar. Har biri ichida pinxona o’limga umid qilar edilar chunki kimni o’ldirishsa o’sha Osmon Shahriga birinchi bo’lib borardi. Lekin ular: ”Bizning xohshimiz emas Seniki bo’lsin! ” – deb ibodat qilardilar.

Va nihoyat ularni uchinchi marta sudga olib keldilar. Bu safargi sud eng muhimi bo’lgani uchun sud maslahatchilari ham bor edi. Sudda Yaxshilikdushmani sud va shu shaharning har xil yomon odamlari uning yordamchilari edi.

Yaxshilikdushmani: ”Bu jinoyatchilar shahar sotuv joylarida ishlashga xalaqit berganlikda va ba’zi bir shahar fuqorolarini bizning shohimizning qonuniga zid ravishda o’zlari tomonga og’dirganlikda aybdordirlar” – degan aybni ularga qo’ydi.

Bunga javoban Sodiq:

- Men tabiattan bosiq va tinchlikni sevadigan odamman. Bizga ergashgan odamlarga kelsak ular katta, o’z fikrlariga qaroriga ega insonlardir. Ular faqat biz hech qanday yomonlik qilmaganimizni ko’rdilar va guvohi bo’ldilar. Sizning shahringizni shohi yovuz Veelzevuldir, men unga va uning qonunlariga bo’ysunmayman. Har bir odamda ishonchini va fuqoroligini o’zgartirishga tanlash huquqi bor. Men Osmon Shahrining Shohi, Hukmdoriga xizmat qilaman sizlarning shohlaringa emas.

Ular Sodiq bilan shunchalik band bo’lib Masihiy umuman eslaridan chiqib ketdi.

- Ayblanyotgan narsalarda guvohlar bormi? – so’radi Yaxshilikdushmani.

- Bor, – deb oldinga chiqdi zaldagilardan bittasi. Uning ismi Hasad edi. U Sodiqni ko’rsatib: “U bizning qonunlarimiz Masihiycha emasligini ta’kidlayapdi!” – deb baqirdi.

- Boshqa guvoh Irim: “Aytishicha bizning ishonchimiz, taqvodorligimiz foydasiz va bekor ekan.” – dedi.

Va uchinchi guvoh ham topildi, uning ismi Tamagir edi. U hokimyatga va xurmatga ega bo’lgan odamlardan biror foyda olish maqsadida ularga tilyog’lamalik qilar edi.

Janobiy oliylari dedi u sudyaga. Bu odam bizning hokimimiz Veelzevul va shahrimizning xurmatga loyiq kishilari haqida judayam xurmatsiz gaplarni aytdi. Aytishga uyatliku lekin u SIZ xaqingizda ham yomon gaplarni aytdi!

Bu gaplarga Yaxshilikdushmani chidab tura olmadi va Sodiqqa baqira ketdi: “Yaramas! Sen bu yaxshi odamni ayganini eshitdingmi?”

- Men o’zimni ximoya qilish uchun gapirsam maylimi ? – so’radi Sodiq.

- Seni shu joyning o’zidayoq o’ldirish keragu, dedi sudya, lekin meni qanday adolatli ekanligimni hamma ko’rib qo’ysin. Gapir!

- Birinchi ayiblovga shunday deyishim mumkin, – deb boshladi Sodiq. Xudoning so’ziga qarshi hech bir qonun Masixiylik deb atalmaydi.

Keyin Sodiq ikkinchi ayiblovga o’tdi: ”Har qanday Xudoga emas odamlarga xush keladigan taqvodorlik foydasiz va behudadir. Chunki taqvodorlik bu – Xudoning xohishini tushunish va uni bajarish va itoat qilishdir”.

Ozgina jim turib yana gap boshladi. Uchunchi ayiblov bo’yicha men sizga ayta olamanki sizning shohingiz va uning xizmatkorlari do’zaxga loyiqdirlar.

Bu vaqitgacha Yaxshilikdushmaninig ko’zlari qinidan chiqib ketay dedi, lekin u sudni qonuniy tugashini xohladi. U o’z nutqida sud maslahadchilaridan Sodiqqa ja’zo berish yoki ozod qilish to’g’risida adolatli hukm chiqarishlarini so’radi, lekin u Sodiqni o’limga loyiqligini ham eslatib o’tdi.

Sud maslahadchilari bir ovozdan shunday hukm chiqardilar: Sodiq ayibdor va u o’limga mahkumdir.

Mahmadona: U ko’rinishidan xushmuomala, xushro’y va so’zamol bo’lib yaxshi hamroh bo’ladiganday tuyildi. Sodiq uni qarmog’iga tushib qolishiga oz qoldi. Masihiy esa uni aytayotganlari aslida faqatgina so’z amalda esa bajarmasligini bilardi. Bu yerda Bun’yani Matto 23:3 oyatni nazarda tutgan. O’ylab ko’ringchi, nimaga?

Yaxshilikdushmani: U adolatli sud emas edi. U rostlikni yomon ko’rar, yolg’onni yoqtirar edi. Chunki uning o’zi ham nato’g’ri hayot kechirar edi. Masihiy va Sodiq nima to’g’ri, va nima yaxshi ekanligini aytib haqiqat tarafida turiganlari uchun ularni aybdor deb hukm chiqardi. Yaxshilikdushmani Amos 5:15 oyatidagi Xudo buyurgan So’ziga umuman qarama qarshi ish tutadi. Amos 5:15 “Yomonlikni yomon ko’rib, yaxshilikni seving va adolatni o’rnating (adolatli hukm chiqaring)”.

“Yo’l yanada qiyinlashadi, bu yo’ldan hech qayerga burilmanglar,” – dedi Xushxabarchi.

Ular darvozasidan kirib shahar ko’chasidan yurib borardilar.

Ularni shahar aholisi ustilaridan miriqib kulishlari, masxara qilishlari uchun qafasga qamab qo’yishdi.

7.Umid

Sud tugadi. Sodiqni gulxanda yoqish ja’zosi berildi. Lekin olov yoqiladigan joygacha uni qiynab borishlari ham kerak edu. Uni shavqatsizlarcha urdilar, tosh otdilar, o’tkir qilichlarini suqib olardilar. Uni xodaga bog’ladilarda oyog’i tagiga ko’pgina shox-shabba olib kelib tashladilar.

Shahar aholisi Sodiqni qanday yonib kul bo’lganini ko’rdilar lekin ular osmondan ot-arava kelib uni olib ketganini ko’rmadilar.

Masihiyni esa qorong’u joyga qamab qo’ydilar. Masihiyni boshiga Sodiqni kuni tushushi Xudoning rejasida yo’q edi. Masihiy ziyoratchilarni taraflarini olganlari uchun xibsga olinganlarni yordami bilan qochib ketdi. Ularning ichida Umid ham bor edi. U Masihiyni qamoqdan qochishiga yordam berayotib u bilan birga ketishi mumkinmi yoki yo’qligini so’radi. Masihiy juda xursand bo’ldi va ikalalari birgalikda Osmon Shahriga yo’l oldilar.

Ular yo’lda to’rta yo’lovchini uchratib qoldilar va shunisi aniq bo’ldiki ular ziyoratchi emas ekanlar. Do’stlar ularni qoldirib yana yo’llarida davom etdilar va tez orada Tekislik deb ataluvchi joyga yetib keldilar. U joy juda ham katta edi. Ular osongina bu joyni bosib o’tishdi shuning uchun faqatgina uning tugash joytida to’xtadilar. Chap tarafda Boylik deb ataluvchi tog’ning tagida shaxta bor edi. Uning yonida turgan bir odam Masihiy va Umidga qarab: “Bu yerga kelinglar! Sizlarga ko’rsatadigan bir narsam bor” – dedi.

- U narsa ketayotgan yo’ldan to’xtab u yerga borishimizga arziydimi? – ehtitotkorlik bilan so’radi Masihiy.

- Ha, bu joyda olib ketishingiz mumkin bo’lgan xazina ya’ni ichi kumushga to’la shaxta bor. Masihiy Umidni to’xtatib qolmaganda uni yugurib ketishiga oz qoldi.

- Men bu joy haqida hech ham eshitmaganman. Agar qulab ketsakchi?

- Nimalar deyapsiz? Bu yer umuman xavfli emas, – dedi notanish kishi.

- Yur ketdik hech qayerga burilmasligimiz kerak, yo’limizda davom etamiz, – dedi Masihiy Umidga va ular yo’llarida davom etdilar. Buni ko’rgan notanish odam orqalaridan baqirib:

- Nima ko’rmaysizlarmi? – dedi.

- Ko’rib turibman sen bizni yo’limizdan og’dirmoqchisan, – dedi Masihiy jiddiylik bilan.

- Yo’q, unchalik emas! – deb e’tiroz bildirdi notanish kishi. – Chunki o’zim ham sizlarga o’xshagan ziyotratchiman. To’xtanglar birga ketamiz.

- Shundaymi?! – deb hayron bo’ldi Masihiy. – To’xta sening isming Dimas emasmi?

- Xuddi o’shaman!

- Unda men seni taniyman. Sening bobong tamagir – Giyezi, otang esa sotqin – Yahudadir. Sen bizni yo’ldan ozdirishga uringaning uchun o’limga loyiqsan.

Dimas hech narsa demadi. Yo’lovchilar bu xavfli joydan tezroq ketishga shoshildilar.

Tez orada ular bir ajoyib yaylovzorga yetib keldilar. U yerda xushboy lilya gullari, ko’zni qamashtiradigan dengiz, sharbatga to’la mevalar bor edi.

Bu joyda ular bir necha kun bo’ldilar. Ular shirin mevalardan edilar, shifobaxsh o’tlar va barglardan dorivor o’simlik sifatida foydalandilar, Hayot Daryosining shafof suvidan ichdilar.

Ular u yerda ko’proq qolishlari mumkin edi lekin bu ular ketayotgan yo’lning oxiri emasligini ular bilardilar.

U yerdan jo’nagan paytlarida ularda har qanday to’siq va qiyinchiliklarga qarshi tura olish uchun kuch va dadillik bor edi. Lekin u ajaoyib joydan uzoqlashib borganlari sari yo’l toshli bo’lib undan yurish qiyinlasha boshladi. Ular ketayotgan yo’lni ajiratib turadigan to’siqning nargi tarafidagi joy esa mayin maysazor edi.

- Qiziq u tarafda yo’lakcha bormikin – deb to’siqdan u tarafdan o’tdi Masihiy. – Buyoqqa kel! To’siqni bu tarafidagi yo’l tekkis va yugurib ketish mumkin ekan, – deb Umidni chaqirdi.

- Lekin u yo’l biz ketayotgan yo’ldan boshqa tarafga olib kуtmaydimi? – so’radi Umid.

- Menimcha yo’q, ko’rmayapsanmi u bizni yo’l qaysi tarafga ketayotgan bo’lsa o’sha tarafga ketyapdi, – dedi Masihiy.

Masihiy birinchi bo’lib to’siqdan o’tdi Umid unga ergashdi. Yurish osonlashdi, ularning qadamlari ham tezlashdi va tez orada ular bir odamni uchratdilar.

- Iltimos aytchi bu yo’lakcha qayerga olib boradi? – so’radi Masihiy u odamdan.

- Osmon Shahriga, – javob berdi notanish kishi.

- Ana ko’rdingmi? Men to’g’ri aytgan ekanmanmi? – deb xursand bo’ldi Masihiy. U odamning ismi Lofchi Valdiroq edi, chunki u hech narsani o’ylamasdan, bilmasdan gapiraverar edi. Ular esa u odamni tanimasdan turib orqasidan ketishdi.

Tez orada qorong’u ham tushdi. Notanish odamni bizning ziyoratchilar yo’qotib qo’ydilar va birdan ular kimningdir baqirgan ovozini eshitdilar. Masihiy va Umid o’sha tomonga yugurib borib qarasalar shundaygina oyoqlarini tagida chuqurlik turganini ko’rdilar. Lofchi Valdiroq esa o’sha chuqurlikning eng chuqur joytida ingrab yotardi.

Endi nima qilamiz? – so’radi gangib qolgan Umid. Masihiy indamadi chunki u o’zini tutgan ishidan uyalardi. Va ustiga ustak birdaniga chaqmoq, momaqaldiroq boshlandi, yomg’ir paqrlab quydi.

Bir necha daqiqadan keyin yer haqiqiy botqoqqa aylandi.

- Meni kechir! Men seni to’g’ri yo’ldan adashtiribman, – dedi Masihiy.

- Qanday kechirmay albatta kechiraman! – dedi Umid.

- Kel o’zmizning to’g’ri yo’lga qaytamiz, – davom etdi Masihiy. Lekin suv shunchalik ko’payib ketgan ediki cho’kib ketish mumkin edi. Ozgina nima qilishni o’ylab arang bitta katta daraxt tagiga bir amallab joylashdilar. Ular o’zlari bu joyni xavfliligini bilmasdilar va o’sha yerda uxlab qoldilar. U yer Umidsizlik qasrining hududi bo’lib u yerning hokimi Qorong’ulik edi. Tongda Qorong’ulik o’z hududini aylanib yurganda uxlab yotgan ziyoratchilarni ko’rib qoldi. U ularning yoniga kelib ularni turtb va baqirib:

- Mening yerimda nima qilyapsizlar? – dedi.

- Biz yo’limizdan adashib qoldik, – deyishdi ko’rayotgan narsalarini tushligiga umid qilib.

- Shunday-mi?! – dedi bo’kirib Qorong’ulik. – Birovning yeriga adashib kirib qolibsizlarmi, endi sizlar menikisizlar, men bilan yuringlar.

Va u ularni tepib qasrga olib keldi va qandaydir chuqur yer to’laga ularni irg’itib eshikni yopib chiqib ketdi.

Sovuq yerda yotib och qolga ziyoratchilar og’ir ahvolga tushub qolganliklarini o’yladilar. Ular hokimi shavqatsiz Qorong’ulik va uning xotini Zarar Xonim yashaydigan Umidsizlik qasrida edilar.

Masihiy o’zini qilgan ishidan xafa bo’ldi va aybini tan olib o’sha yerda tavba qilib:

- Hammasiga men aybdorman. Umidni ham yo’ldan ozdirgan menman… Endi biz bilan nima bo’ladi?! – derdi.

Umid: Bu odam ziyoratchilikni boshlashdan oldin ‘har doim umid qilgan’. Keyin Xudo uni hech qachon tashlab ketmasligini bilib Xudoga umid qilishni va Unga ishonishni boshlagan. Uning ajoyib oddiy, ishonadigan, quvonchli tabiati Masihiyga sayohatini qolgan qismida yordam bo’ldi. Havoriy Butrus xuddi shunday umid haqida 1 Butrus 1:13 da eslatib o’tadi. Balkiy Bun’yani shu oyatni eslagandir. O’qib ko’ring va fikrlang.

Umid borib u yerni ko’rmoqchi edi lekin Masihiy uni to’xtatib qoldi.

Bu yaylovda ular bir nech akun bo’ldilar.

“Bu yoqqa kel! Bu yerda yaxshi yo’lak bor ekan!”

Qorong’ulik ularni tepib, urgancha qasrga olib bordi.

8. Umidsizlik Qasri

- Xotin eshit, – dedi Qorong’ulik xotiniga uxlashga yota turib, – men bugun ikkita o’g’irini tutib oldim. Ularni nima qilish kerak ekana?

- Ular kimlar? – so’radi xotini.

- Ziyoratchilar emish, aytishicha Osmonga ketayotgan emish, – deb javob berdi.

Xotini g’azab bilan qarab:

- Ularni qattiq savalab ur, – deb buyurdi.

- Sen aytganday bo’lsin, – dedi u qattiq uyquga ketayotib.

Ertalab tayoqni olib tutqunlarni oldiga ketdi.

- Ey, sizlar! Bu yoqqa kellaring! – deb baqirdi butun yer to’lani boshiga ko’targancha.

Ular yoniga kelganlarida u ularni shunday urdiki birorta ham sog’ joylari qolmadi. Ular butun kun sovuq polda og’riqdan ox-voy tortib yotdilar.

- Azizam, ular bilan ertaga nima qilay? – so’radi Qorong’ulik.

- Bu nimasi? Ular hali ham tirikmi? – jahli chiqdi xotinni.

- Ha…, unchalik emas – ming’illadi u.

- Qandaydir kichkinagina odamchalarni o’ldira olmaysan! Yana bahaybat emish? – dedi kulimsirab xotini.

Eri qovog’ini solgancha indamadi.

- Tong otishi bilan ularni yoniga borib ularga o’zlarini o’zlari o’ldirishlari kerakligini ayt. Bu ular uchun yaxshi bo’ladi. Yo’q, ular o’zlarini qanday o’ldira oladilar ularga arqon, pichoq yoki zahar olib bor. Ular bularni ichidan xohlaganini tanlab o’zlarini o’ldirishlari uchun, – dedi masxaranomuz.

- Sen mening aqlliligimsan! – dedi eri xushomadgo’ylik bilan.

Ertalab Qorong’ulik ularni yoniga borib har qanday jirkanch urushlarsiz ularga bu dunyo bilan xayrlashib o’zlarini o’ldirishlarini taklif qildi.

- Rostana hech qachon! Yaxshisi sen bizni qo’yib yubor, – dedi Umid.

Bu javobdan Qorong’ulikni g’azabi qaynab ketdi.

U aftini bujmaytirib ziyoratchilarni o’ldirish uchun shunday tashlangan edi birdaniga … to’xtab qoldi. Qorong’uni ba’zi paytlarda xuruj tutib qolardiki qimirlay olmasdi. Xuruj qo’yib yuborgandan keyin u turib arang yer to’ladan yotoqxonasiga yetib bordi.

- Kel o’zimizni o’ldiramiz , bu har kuni bahaybatdan kaltak yeyishdan yaxshiroq bo’ladi, – dedi Masihiy lekin Umid bu taklifga ko’nmadi.

- Bizni Hukmdorimiz hech kimni o’ldirmaslikni hatto o’zini ham o’ldirmaslikni buyurgan. Va umuman qandaydir bir mo’jiza sodir bo’ladiki biz bu yerdan chiqib ketamiz. Bizdan ham oldin bu Umidsizlik Qasriga tushganlar chiqib ketishganku, ularni ahvoli biznikidan ham yomon bo’lgan. Agar Xudoning xohshi bo’lsa Qorong’ulik o’ladi yoki yana xuruj tutib qolsa fursatdan foydalanib qochib ketamiz. Afsus hozirgisida ulgurmadik. Lekin nima bo’lmasin biror kimni o’ldirish bu gunoh, – dedi Umid.

- Kechqurun Qorong’ulik o’zini yaxshi his qilgandan keyin ziyoratchilar yoniga: ”O’zlarini o’ldirganlar” – deb katta umid bilan borsaki ular hali ham tirik ekanlar. U sherga o’xshab ularga: “Senlar hali umuman bu dunyoda tug’ulganinga pushaymon bo’lasanlar ” – deb bo’kirdi.

Va baqirib so’kkanch qaygadir yugurib ketdi. Masihiyning sabri tugab yana o’zinlarini o’ldirishni taklif qildi. Umid buni xohlamadi.

- Sen qanday sinovlarni boshingdan kechirganingni esla: Apollion bilan jangda yutding, O’lim vodiysidan o’tding…va mana tiriksanku, – dedi Umid.

Masihiy jim turardi.

- Tushun, biz sen bilan bitta qayiqdamiz. Ikkalamizni ham urishyapdi, ochlikdan sillamizni quritishyapdi. Men ham holdan toydim lekin tirikmanku va sen ham chidaysan. Ma’nosiz Ko’rgazmada bo’lgan sinovlardan qanday otganingni esla. Sen ulardan dadil bo’lib jasorat bilan o’tgansanku.

Kechqurun xotiuni yana asirlar to’g’risida so’radi: “Qanday ular senga quloq solib aytganingni qilishdimi?

- Yo’q, ular bergan narsamni birortasidan ham foydalanmabdilalar, – javob berdi.

- Shundaymi?…deb cho’zdi Zarar xonim miyyasidagi har xil yomon ja’zolar haqida o’ylab. – Nima qilishni ham bilmay qoldim. Ularga oldingi ularga o’xshagan qaysar ziyoratchilardan qolgan kalla suyaklarini ko’rsat va ularni ham shunday holat kutayotganligini ayt.

Ertalab Qorong’ulik ziyoratchilarni tepaga hovliga olib chiqdi. Hali ular hovlidagi kalla suyak va suyaklarga vahima ichida qararkanlar Qorong’ulik ularga xotini aytgan gaplarni aytdi. Qaytishda ularni yer ro’lagacha tayoq bilan urib keldi.

Kechqurun u xotiniga shikoyat qilib:

- Yo’q, nega ular o’zlarini o’ldirmayapdilar? Bunga tushunmayapman! Menimcha men ularga hamma narsani qo’llab ko’rdim!…

Xotini ham hayron bo’lib va jahli chiqdi. O’ylab, o’ylab yana bir ayyorlikni o’ylab topdi.

- Menimcha ular nimagadir umid qilyapdilar: yoki ular kimdir kelib ularni qutqarishiga umid qilyapdilar yoki qandaydir ochqichni yashirib qo’yganlar.

Meni aqlliligim! – dedi tilyoglamalik bilan Qorong’ulik og’zini qiyshaytirib kulib. –Ertagayoq men ularni tin tuv qilaman.

Ungacha…

Hali ular uxlab yotganda yer to’lada g’alati narsa sodir bo’ldi. Umid Masihiyga ozgina dalda bergandan keyin allaqachon qilishlari kerak bo’lgan ibodatni qilib Xudodan yordam so’radilar. Ular butun tun tong otgunigacha tizzalab ibodat qildilar.

Birdan Masihiy sakrab turdida hayqirib:

- Men qanday ahmoqman! Yo’q qanday ahmoqmana! Agar men cho’ntagimdagi narsani eslaganimda edi biz allaqachon bu yerdan chiqib ketgan bo’lar edik.

Va u cho’ntagidan yaltiroq kalitni chiqardi.

- Unda vaqtni o’tkazmaylik, – xursand bo’lib baqirdi Umid. Masihiy eshikni tirqishiga kalitni tiqib buragan edi eshik ochildi va ular tashqariga yugurib chiqishdi. Bu kalit bilan ikkinchi eshikni ham ochdilar va qarasalar asosiy darvoza ham turibdi. Darvozani qulfi zanglab qolgan ekan shuning uchun kalitni kirishi qiyin bo’ldi. Ular darvozani ochganlarida u taraqlab ketdi. Nima bo’lganda ham ular darvozani ochdilar va yo’lga chiqib qochib ketdilar.

Darvozani ovozidan Qorong’ulik uyg’onib sapchib turgan edi yana xuruj tutib qoldi va orqasiga qarab yiqildi. Bu paytda ziyoratchilar to’siqdan o’tib to’g’ri yo’lga chiqib oldilar.

Bo’lib o’tgan vahimali ishlarni eslab kelajakda keladigan ziyoratchilar bu to’siqdan ularga o’xshab o’tmasliklari uchun bitta ustunchaga taxta qoqib: “Bu yo’l Qorong’ulik yashaydigan qasrga olib boradi. U Hukmdorni yomon ko’radi va barcha ziyoratchilarni yo’q qilishni xohlaydi” – deb yozib qo’ydilar va ketgan vaqilariga va kuchlariga achinmadilar.

So’ng ular yo’lda davom etdilar va xursand bo’lib Hukmdorga qutqargani va yordam bergani uchun raxmat bildirdilar.

Bahaybat Qorong’ulik: U kuchli va noxush edi. U ziyoratchilarni yomon ko’radi. Shuning uchun ularni qorong’u joyga qamab qo’yib umidlarini yo’q qilish uchun hamma narsani qo’llab ko’rdi. Masihiy va Umid uning azoblaridan qiynalinib ketdilar. Bun’yani bu obrazni yoza turib Yoqub 1:6 oyatni nazarda tutgan bo’lsa kerak. Siz nima deb o’ylaysiz?

Boshqalar bu Umidsizlik qasridan ketganlarku, biz keta olmaymizmi?

Ertalab Qorong’ulik ularni tepaga hovliga olib chiqdi.

Darvozani ochganlarida oshiq-moshiqlari taraqlab ketdi.

Bu paytda Masihiy va Umid to’siqdan narigi tarafga o’tib oldilar.

9. Tog’

Tez orada ular Hayrat deb nomlanadigan ajoyib tog’ning yoniga yetib keldilar.

Toqqa ko’tarilish joyida ziyoratchilarimiz ajoyib bog’, oqib turgan yaltiroq irmoq va katta uzumzorga duch keldilar. Ular o’sha yerda bog’ning ajoyib go’zalligidan, gullaridan bahra olish uchun to’xtadilar; yuz qo’llarini yuvdilar, mazasi bolday shirin uzumlardan tanovul qildilar. Keyin toqqa chiqishlarida tirgag bo’lishi uchun o’zlariga bittadan tayoq tayyorladilar.

Xassa bilan chiqish oson bo’ldi, lekin shunday bo’lishiga qaramasdan ular tog’ning tepasiga yetish joyida toliqib yana dam olishga qaror qildilar. Ular o’tirgan joyni yaqinida cho’ponlar qo’ylarini boqib yurardilar. Masihiy ularning biridan so’radi.

- Aytaolmaysizlarmi bu yerning xo’jayini kim? – deb so’radi.

- Bu yer Hukmdor Immanuilga tegishli, – dedi xushmomilalik bilan lekin jiddiy qarab.

- Bu yo’l Osmon shahriga olib boradimi, to’g’ri ketyapmizmi? – so’radi Masihiy.

- Ha, – deb javob berdi u.

- Oldimizda xavflar ko’pmi yoki yo’q? – yana so’radi Masihiy.

- Kimga qanaqa. Agar kim to’g’ri yo’ldan burilsa albatta u xavfga duch keladi shuning uchun faqat to’g’ri yo’ldan ketsangizlar xavf sizlarga tahdid solmaydi.

- Bu yerda birorta dam oladigan joy bormi? – bilgisi kelib so’radi Masihiy.

- Albatta bizning Hukmdorimiz mehmonlarni yaxshi kutib olishni buyurgan. Bizdagi bor narsa siznikidir, istaganingizcha foydalanishingiz mumkin, – dedi cho’pon. – Aytinglarchi qayerdan kelyapsizlar, bu yerga qanday yetib keldilaring?

Ziyoratchilar boshlaridan kechirganlarini aytishni boshlaganlarida qo’lgan cho’ponlar ham yaqin kelib e’tibor bilan ularni tingladilar. Ziyoratchilar hikoyalarini tugatganlaridan keyin cho’ponlar ularga jilmaydilar va qo’llarini cho’zib: “Ajoyib Hayrat Tog’iga xush kelibsizlar” – deb ularni qutladilar.

Keyin o’zlarini: Haqiqat, Tayanch, Ong va Tajriba deb tanishtirdilar va ularni chaylalariga olib bordilar. U yerda ziyoratchilarimizni mehmon qildilar. Tajriba Ziyoratchilar bilan suhbatlashib dedi: “Biz bilan bir necha kun qola olmaysizlarmi, biz sizlarga ko’p narsalarni ko’rsatar edik?” – dedi.

Ziyoratchilar bajonidil rozi bo’ldilar. Ertasiga ertalab ular ziyoratchilarga tevarak atrofning go’zalliklarini ko’rsatdilar. Ziyoratchilar cho’ponlar bilan suhbatlashib ulardan ko’p narsalarni o’rgandilar. Cho’ponlar ziyoratchilarga Yanglish (Xatolik) Tog’ini ko’rsatdilar va ko’p ziyoratchillar o’sha tog’ tomon yurib pastga yiqilganliklari haqida gapirib berdilar. O’zlari esa Ehtiyotkorlik Tog’ida turardilar va uzoqdan kimlarnidir qabrlar orasida qoqilib u yerdan chiqa olmay yurganlarini ko’rdilar.

- Ularni ko’zlarini Qorong’ulik ko’r qilgan va ularni shu qabrga olib kelib tashlagan. Mana endi ular qabrlar orasida tentirab yuribdilar, – dedi Ong.

Masihiy va Umid bir-birlariga qarab qo’yishdi. Ongni aytgan so’zlaridan ularning ko’zlari yoshga to’ldi lekin ular bilan Umidsizlik Qasrida bo’lgan voqeani aytmadilar. Ertasiga cho’ponlar yanada qo’rqinchliroq narsani ko’rsatdilar. Tog’ning yonbag’rida kichkinagina bir eshikcha bor edi. Birinchi cho’pon uni ochib: “Ichiga qaranglar!” – dedi.

Birinchi ziyoratchilar qorong’ulikdan boshqa hech narsani ko’rmadilar. Keyin ular asta sekin pastga qaraganlarida birdaniga butun vujudlarini titroq bosdi.

Eshikchadan kirishidan boshlab oxirigacha aniqrog’i tagidan chiqayotgan tutundan u yerda katta olov yonayotganini bilish mumkin edi. Eng dahshatlisi u yerdan chiqayotgan yurakni ezadigan baqiriq ovozlar edi.

Ziyoratchilarni rangi oqarib eshikchadan orqaga tislandilar.

- Bu nima? – deb so’radi va nihohat Masihiy ovozga kirib.

- Do’zaxning eshigi, – dedi Ong. – Bu yerda yolg’onchilar, firibgarlar va o’z jonini pulga sotganlar shu yrga kiradilar.

- Demak odam shuncha ko’p narsalarni, sinovlarni bosib o’tgan bo’lishiga qaramasdan u ehtiyot bo’lmasa yo’ldan ozishi mumkin ekanda?! – dahshat ichida so’radi Masihiy.

- Ha, hatto shu yerda va oldinda turgan yo’ldan ham ehtiyot bo’lishi kerak, – javob berdi Tajriba.

Ziyoratchilar yo’llarini davom ettirishga shoshildilar, cho’ponlar ularni yo’lga olib chiqdilar, lekin xayrlashishdan oldin Tayanch ularga Osmon Shahrining darvozasini ko’rsatmoqchi bo’ldi.

Ziyoratchilar rozi bo’ldilar. Ziyoratchilarni Nur Tog’iga olib chiqdilar va ularga katta durbun berib qayerga qarashlarini ko’rsatdilar. Ularning qo’llari qaltirar edi va qaerdadir uzoq bir joydan bir darvoza va uning atrofida nur ko’rinib turardi. Osmon Shahrining darvozasini ko’rish ularga tetiklik baxsh etdi. Cho’ponlar ularga oxirgi juda kerakli maslahatlarni berdilar.

- Mana sizlarga xarita, – dedi eng aqlli Ong.

- Tilyog’lamadan ehtiyot bo’linglar, – dedi Tayanch.

- Sehrlangan Yerda uxlamanglar, – ogoxlantirdi Tajriba.

Haqiqat esa ularga samimiy tilaklarini, Xudononing Marhamatini va oq yo’l tiladi.

Ziyoratchilar ularga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilarda baland ovozda minnatdorchilik qo’shiqlarini aytgancha yo’lda davom etdilar.

Tez orada ular o’rmondagi bir yalanglikka yetib keldilar. Yo’lakcha uning o’rtasidan kesib o’tgan edi.

- Yuraqol tezroq, bu yerda to’xtash mumkin emas. Bir kishi bu yerda uxlab qolganda o’lib qolishiga oz qolgan ekan, – dedi Masihiy.

Ular to’xtamay oldinga yurdilar. Masihiy Umidga o’sha kishi haqida aytib berdi.

- U kishi Haqiqatni hamshahari Imoni sust bo’lgan. U uxlab qolib uyg’ongach yana yo’lga otlanyotganda birdaniga kimningdir baqirgancha: “To’xta aks holda yomon bo’ladi” deganini eshitgan. Albatta u to’xtab orqasiga qaraganda uchta qaroqchi turgan ekan. Ularning ismlari Ishonchsiz , Vahima va Uyat edi. Ular qo’rqinchli qarab turar edi, Uyat qo’lida tayoq ushlab turar edi. Bechora Imoni sust joyida qotib qolgan.

- Puldan cho’z, – degan Vahima. Imoni sust nima qilishini bilmay ikkilanib turganda Uyat uning yoniga kelganda cho’ntagidan bir siqim kumush tangani olgan.

Shunda Imoni sust: “O’g’rilar, talashyapdi”, – deb baqirgan, Uyat qo’lidagi tayoq bilan boshiga bir urib Imoni sustni o’ziga keltirib qo’ygan.

Shunda jinoyatchilar kimningdir ovozini eshtib qolganlarda qo’rqanlaridan qochib ketganlar. Imoni sust esa yerda qonga belanib jaroxhatlangan holada yotar edi. O’ziga kelgach u yerdan shoshgancha ketgan.

- Qanday dahshat! – dedi baqirib Umid. – Ular uning hamma narsasini olib ketganlarmi?

- Hamma narsasini desa ham bo’ladi. Lekin eng asosiysi ular Muqaddas Yozuvni va kalitni nimagadir olmaganlar, – dedi Masihiy.

- Shunisiga ham shukur, – dedi Umid.

- Aytma! – deb uni ma’qulladi Masihiy.

Umid Imoni sust qo’rqoq bo’lgan deb qaror qildi, lekin Masihiy bunga o’z e’tirozini bildirib: “Agar sen u zo’rovonlarni va ularning boshlovchisi Tubsizlikni hukmdorini ko’rganingda shunday hukm qilmas eding.”

Umid ozgina xafa bo’ldi, lekin tez orada o’rtog’ini to’g’ri aytayotganini tushundi va yana o’ziga kelib xursand bo’ldi.

Masihiy va Umid Hayrat deb nomlanadigan ajoyib tog’ning yoniga yetib keldilar.

Ziyoratchilarni Nur Tog’iga olib chiqdilar va ularga katta durbun berib qayerga qarashlarini ko’rsatdilar.

“Ketdik, bu yerda to’xtash mumkin emas,” – dedi Masihiy.

U to’xtab orqasiga qarasa uchta qaroqchi: Ishonchsiz , Vahima va Uyat turgan ekan.

10. Vasvasa Vaqti

- Qaysi yo’ldan boramiz? Ikkala yo’lakcha ham to’g’riga qarab borarkan, – so’radi Umid.

- Bilmadim, – dedi Masihiy.

Zyoratchilar ikkilanib turishgan paytda qorachadan kelgan oq kiyimli bir kishi kelib qoldi.

- Yordamim kerak emasmi? – deb so’radi o’sha kishi.

- Biz Osmon Shahriga ketyapmiz va bu yo’llardan qaysi birini tanlashni bilmay turibmiz, – dedi Masihiy.

- Men ham o’sha yo’qqa ketyapman, men bilan yuringlar, – dedi notanish kishi.

Buni eshitgan ziyoratchilar u ketayotgan yo’lakchadan unga ergashdilar.

Bizning ziyoratchilar o’sha odamga shunday ishongan edilarki ketayotgan yo’llariga e’tibor ham bermadilar. Hatto ular Osmon Shahrini orqada qolganini payqagan bo’lsalar ham to ularning ustilariga katta to’r tushib yopmaguncha o’sha kishiga ergashaverdilar. Yo’lboshchi o’sha zahoti qochib ketdi. Shu yerda ular qopqonga tushib qolganliklarini, u kishini Tovlamachi ekanligini anglab etdilar.

- Qanday Tayanch aytgan so’zlarni esimizdan chiqardik, u bizni ogohlantirgan ediku, – deb xafa bo’ldi Masihiy.

- Hatto bizga Ong bergan xaritaga ham qaramabmiz! – dedi qo’shib Umid.

Masihiy cho’ntagidan xaritani olib tekshirmoqchi bo’ldi, lekin baribir adashganliklarini aniq bilardi.

Ziyoratchilar setkani yirtishga urundilar lekin hammasi bekor ketdi. Oxiri ularda umuman kuch qolmadi. Yig’lab yuboray deb turganlarida kimdir ularga yaqinlashyotganday tuiyildi. Qarasalar to’g’rilaridan farishta kelayotgan ekan. Yaqinroq kelib, ulardan so’radi:

- Bu yerda nima qilyapsizlar?

Ziyoratchilar nima bo’lgani haqida aytib berdilar va farishta hech narsa demadida to’rni ushlagan edi arqon oddiy ipga o’xshab uzilib katta teshik hosil bo’ldi. Ziyoratchilar farishtaga yordami uchun raxmat aytib ozodlikka chiqdilar.

- Meni orqamdan yuringlar, – dedi farishta va ular orqaga adashgan yo’lning ayrilish joyiga qaytdilar. Tez orada Osmon Shahriga olib boradigan yo’lga yetib keldilar. Shu yerda farishta to’xtadida ularning ko’zlariga jiddiy qarab: “Kecha kechqurun qayerda edingizlar?” – deb so’radi.

- Cho’ponlar bilan Hayrat Tog’ida, – aybdorlarcha javob berdi ular.

- Nahotki yo’lning ayrilish joyida xaritalaringa qaramadilaring?

- Esimizga kelmapdi, – dedi past ovozda Umid. Farishta uchunchi savolni berdi:

- Cho’ponlar sizlarni Tilyog’lamaning ayyorligini aytib ogohlantirmadilarmi?

- Nega, ogohlantirdilar, lekin biz uni shunaqa xushmuomala bo’ladi deb o’ylamagan edik, – deb javob berdi Masihiy. Farishta ularga g’amgin va qattiq qarab: “Yaxshi va aqlli insonlarning so’zlariga e’tiborsiz bo’lib aytganlarini qilmaganingiz uchun men sizlarni ja’zolashim kerak. Bu ja’zo sizlarga yaxshi va yaxshilab quloq solishni o’rgatsin”.

Farishta ularni aytganidek ja’zoladi. Albatta ularning jonlari og’ridi lekin xafa bo’lmadilar chunki har birlari o’zlarini qilgan ishidan aybdorligini bilardilar va bu ja’zo ularga yaxshigina dars bo’lib foyda keltiradi.

Ular farishtaga yordam uchun raxmat aytib yo’lda davom etdilar. Endi ular aql bilan ish tutadigan bo’ldilar. Ular hatto boshlaridan kechirgan hamma voqealar haqida ashula yozib, uni kuylab ketishdi.

Ziyoratchilar ancha masofani bosib o’tganlaridan keyin yana bur ziyoratchini uchratib qoldilar. Umid Masihiyga sekingina shivirlab:

- Ehtiyot bo’laylik! Yana bu ham birorta Tilyog’lamachi bo’lmasin.

Yaqinroq kelib Xudosiz ulardan so’radi:

- Qayerga ketyapsizlar?

- Osmon Shahriga, – javob berdi Umid.

Xydosiz birdaniga xoholab kulib yubordi.

- Nimasi kulguli? – so’radi Masihiy.

- Qanday soddasizlara. Bularning hammasi bekorchi so’z va urunishlar! Sizlarni ishingiz yomon. Bunday shahar umuman yo’q.

- Bor, faqat osmonda, – ikkilanmasdan dadillik bilan javob berdi Masihiy.

- Men ham qachonlardir shunday deb o’ylardim, – dedi Xudosiz. Hozir esa umuman aksincha o’ylayman. O’n ikki yildan beri o’sha shaharni qidiraman lekin hali topa olmadim, endi uyga qaytib ketyapman. Endi qolgan umrimni shuncha yil qiynalgan onlarimni evazi sifatida vaqtichog’lik va xursandchilik qilib o’tkazmoqchiman.

Masihiy Umidga qarab:

- Nima deb o’ylaysan, u to’g’ri aytyapdimikin? – deb so’radi.

- Ehtiyot bo’l, u yolg’onchi tilyog’lamachilarning biri! – deb javob berdi Umid. – Qanday Osmon Shahri yo’q bo’ladi biz Uni Hayrat Tog’idan turib ko’rdikku! Bizga Hukmdor borishimizni va ishonimizni buyurmaganmi? Yur, Masihiy, men boshqa ja’zolanishni xohlamayman.

Masihiy kulib:

- Kechir, men faqatgina seni sinamoqchi edim. Men u odamning so’zlariga ishonmayman chunki uning ko’zlarini bu dunyoning hokimi shayton ko’r qilgan. Bizning iymonimiz harakatlarimiz behuda emasligini bilamiz. Shuning uchun yuraqol tezroq.

- Va bizning umidimiz bizni uyatga qoldirmaydi aksincha xursand qiladi, – deb qoshib qo’ydi Umid.

Ular yo’llarida davom etdilar. Xudosiz esa ularning ustilaridan kulgancha uyiga qaytib ketdi. Lekin bizning ziyoratchilar unga e’tibor ham bermadilar va ularni yangi sinov kutayotganini bilmasdan xursand bo’lib oldinga qarab ketaverdilar.

Sekin asta ularni nafas olishlari, yurishlari qiyinlashdi. Ularni uyqu bosib ko’zlari yumulib ketardi.

- Kel shu yerda to’xtab ozgina mizg’ib olamiz, – dedi Umid

- Yo’q, buni xayolinga ham keltirma! – dedi Masihiy baland ovozda va orqasidan esnab qo’ydi.

- Nega? – hayron bo’ldi Umid. – Ozgina dam olib kuch yig’ib olamiz.

- Hozir va bu yerda emas. Tajribani Sehrlangan yerda uxlamanglar degani esngda yo’qmi?

- Ha, biz o’sha yerdamizmi?! Sen to’g’ri aytding. Raxmat eslatganing uchun, – dedi Umid hayajon aralash.

- Kel biror narsa haqida gaplashib ketamiz, – deb davom etdi Masihiy. Vaqt ham tez o’tadi va uxlab ham qolmaymiz.

Masihiy Umiddan nimaga va qanday ziyoratchi bo’lib qolgani to’grisida aytib berishini so’radi va Umid o’z hikoyasini boshladi.

U yashagan ko’rgazma bo’ladigan shaharda u hammaga ishlarim joyida desa ham aslida juda yomon yashardi. U uning hayoti yaxshi bo’lishi uchun o’zini yaxshi tutishga, savob ishlar qilishga harakat qilardi lekin hayoti o’zgarmas edi. Bir kuni Xushxabarchini uchratib qolgan. U Umidga kitob berib uni e’tibor bilan o’qib chiqishi va ibodat qilib turishi kerakligi haqida aytgan. U kitobni o’qigan va undagi yozilgan narsalarni tushunishga harakat qilgan lekin hech narsani tushuna olmagan. Bir ajoyib kunda Isoning O’zi uning yoniga kelgan. Umid Uni yaqqol ko’rmagan lekin U Iso ekanligini sezgan. Iso unga: “O’zingdan, o’tgan hayotingdan kech. Menga ishon va Mening So’zlarimga rioya qil!”– degan.

Keyin ularning shaharlariga Masihiy va Sodiq kelgan. Ularnind hayotlaridan namuna olgan Umid Osmon Shahriga borishga qaror qilgan.

Masihiy va Umid Hukmdor haqida va bir-birlarining tajribalari haqida gaplashib yo’lning ancha qismini bosib o’tdilar. Ba’zida ular yo’lda ketayotgan boshqa ziyoratchilar bilan gaplashgani toxtadilar.

Va nihoyat Sehrlangan yerni bosib o’tib ajoyib bir jozibador o’lkaga yetib keldilar.

Tovlamachi: U ko’rinishidan muloyim va donoday ko’rinadi aslida odamlarni to’g’ri yo’ldan og’dirishni xohlaydi. Ziyoratchilar yo’lni ayrilish joyiga kelib qaysi tarafga yurishni bilmay turganlarida xuddi ularga yordam bera oladiganday paydo bo’ldi. Albatta o’z-o’zidan ular Tovlamachini yordamini qabul qildilar. Agar siz Sulaymon hikmatlari 29:5 oyatni o’qisangiz Bun’yani nega shunday deb nomlaganini bilib olasiz.

Farishta to’rni ushlagan edi arqon oddiy ipga o’xshab uzilib katta teshik hosil bo’ldi. Ziyoratchilar ozodlikka chiqishdi.

Buning nimasi kulgili? – so’radi Masihiy.

Qanday soddasizlara! – dedi Xudosiz.

“Kel shu yerda ozgina dam olib mizg’ib olamiz,” – taklif qildi Umid.

11. Osmon Shahri

Bu o’lka Mamlakatlar Birligi deb nomlanar edi. Bu yerning havosi xushboy, quyosh ertayu kech charaqlab turar, qushlar charchamasdan sayrar va butun yil davomida gullar ochilib turardi. Bu yerda juda ko’p farishtalar bor edi chunki osmon yaqin edida. Shu yerda ziyoratchilar Osmon Shahrining devorini ko’rdilar. U o’zida nur sochib turardi chunki u oltindan va qimmatboxo toshlardan edi. Farishtalar ularga ko’zlariga taqib olishlari uchun maxsus qalqon berdilar chunki nurdan ularning ko’zlari ko’r bo’lib qolishi mumkin edi. Lekin baribir ular uchun birinchi martada Shaharga qarash qiyin bo’ldi. Ular Shaharga tezroq kirishni juda ham xohlarganlaridan Mamlakatlar Birligi bo’lgan ajoyib o’lkaning go’zligidan bahra olish xayollariga ham kelmasdi.

Bu yerda daraxtlar o’sgan, gullar ochilgan, uzumlar pishgan hosildor yer edi. U yerning go’zalligidan bahra olayotgan ziyoratchilar uzumzor tomonga yo’l oldilar va ularni uzumchi kutub oldi va ichkariga taklif qildi.

- Aytchi, bu uzumzorning egasi kim? – deb so’radilar qiziqib.

- Buyuk Qirol, – javob berdi u. – U bu bog’larni va uzumzorlarni O’ziga va sizlarga quvonch baxsh etsin deb barpo qilgan.

U ularni shingil bo’lib pishib yotgan uzumlar oldiga olib bordi. Ular hayotlarida hali bunday mazasi bolday shirin uzumni emaganlar.

Keyin uzumchi ularga bog’larni ko’rsatdi. Oxiri ular charchab bir daraxt tagida uxlab qoldilar. Uzumlar oddiy uzumga o’xshamas edi u ularga kuch baxsh etar edi.

Uyg’ongach ular uzoq vaqt butun qiyin yo’llarni bosib, qancha xavflarni boshdan kechirib kirishni orzu qilgan Shaharga iloji boricha tezroq borishga shoshildilar. Yo’lda ularga ikkita farishta duch keldi. Ular ziyoratchilardan kimligini, qayerdan kelayotganini va sayohatlari davomida nimalar sodir bo’lgani to’g’risida so’radilar. Bizning ziyoratchilar boshlaridan kechirgan hamma sarguzashtlarini aytib berdilar. Ularni kuzatayotib farishtalardan biri:

- Endi sizlar bosib o’tishingiz kerak bo’lgan bir tosiq qoldi, – dedi.

Tez orada oldilaridan suvi tez oqadigan daryo chiqdi. Daryoning u tarafida esa Osmon Shahrining oltin darvozasi yaltirab turardi. U tarafga o’tish uchun hech qanday ko’prik ham, qayiq ham yo’q edi. Ziyoratchilar u tarafga qanday o’tib olish mumkinligi to’g’risida o’yladilar. Lekin farishta ularga dedi:

- Daryoni kesib o’ting, – dedi.

Ziyoratchilar o’zlarini yo’qotib qo’ydilar, ayniqsa Masihiy.

- Boshqa yo’l yo’qmi? – so’radi u.

- Bor faqat u sizlar uchun emas, – javob berdi farishta.

- Daryo juda ham chuqurmi? – so’radi Umid.

- Yo’q, – dedi boshqa farishta. – Uning chuqurligi sizlar Buyuk Shohga qancha ishonishingizga bog’liq.

Ziyoratchilar sekingina daryoga tushdilar. Umid oyog’ini suvning tagiga qo’ydi, Masihiy cho’kishni boshladi va qo’rquvdan baqirardi:

- Qutqaringlar! Yordam beringlar!

- Dadil bo’l, qo’rqma. Mana bu yerda suvning tagi va qattiq tosh bor, – dedi Umid.

Lekin Masihiy esa noumidlikdan va qo’rquvdan hech narsa eshitmasdi, ko’rmasdi va buni ustiga o’ylamasdi ham.

- Men hech qachon Osmonni ko’ra olmayman! – dedi umidsizlikda.

Umid uni cho’kib ketmasligi uchun boshini suvdan tepada ushlab dalda berishga harakat qilardi lekin hammasi behuda edi. Masihiy hamma qilgan xato ishlarini o’yladi. U o’zini o’limga mahkum deb o’ylardi va uning ustidan qandaydir yovuz ruhlar kulyotganday tuyular edi unga.

- Agar men bu ajoyib Shaharga kirishga loyiq bo’lganimda Buyuk Shohning O’zi menga yordam bergan bo’lar edi. U menga yordam bermayotgan ekan men Uning Mehriga loyiq emasman. Gunohlarim evaziga shu yerda cho’kib, abadiy qolib ketaman! – dedi Masihiy.

- Nimalar deyapsan? Xudo seni tashlab qo’ygani yo’q, U seni sinayapdi. U senga qanday mehribon bo’lganini esla! Qirg’oqqa qaragin, bizni u yerda allaqachon kutishyapdi.

- Masihiy chin yurakdan qichqirib:

- Xudoyim yordam ber! – dedi.

Bundan so’ng unga yaxshiroq bo’ldi lekin u hali ham o’ziga kela olmasdi. Lekin Umid unga:

- Dadil bo’l! Masih sening Kuchingdir! – dedi.

- Sen to’g’ri aytding. Ha, U mening yonimda. U menga: “Yur! Men sening cho’kib ketishinga yo’l qo’ymayman” – deb qo’llayapdi, – dedi Masihiy ishonch bilan.

U oyqlarini suvning tagiga qoyib Umid bilan birga oldinga qarab yurdilar. Daryo borgan sari sayoz bo’lib borar edi. Ular qirg’oqqa yetib kelganlarida ularni ustki eski kiyimlari echilib tushdi ularni qirg’oqda daryoga kuzatib qo’ygan farishtalar kutib olishdi.

- Bizning Shoh kimni qutqargan bo’lsa, ularga yordam beramiz. Endi biz sizlarni darvozaga olib boramiz.

Osmon Shahri tog’ni tepasida xuddi osilib turganga o’xshardi. Ziyoratchilar farishtalarning yordamisiz u yerga bora olmas edilar. Ular o’zlarining oxirgi yo’llarida u yerga yetib borguncha o’sha orzu qilingan Shahar haqida gaplashib ketishdi.

- U yerda sizlar farishtalar va o’zlaringa o’xhsagan ziyoratchilar bilan yashaysizlar. Eng asosiysi sizlar Shohni O’zini ko’rasizlar.

- Biz u yerda nimalar qilamiz? – so’radi Masihiy.

- Shohni ulug’laysizlar va Unga xizmat qilasizlar. Bu buyuk baxtdir! Vaqti kelganda Shoh dushmanlarini hukm qiladi. Sizlar yerga U bilan qaytib, Unga yordam berasizlar. Keyin bu yerga qaytib mukammal sevgida va mukammal hayotda yashaysizlar.

Ular gaplashib Shaharga yaqin kelib qolishgan edi. Va shu onda Shohning xizmatchilari ularni karnay surnaylar bilan kutub olishdi. Darvozaning tepasida Xudoning taniqli xizmatchilari – Hano’x, Muso va Ilyos qarab turishardi.

Farishta tantanali ravishda e’lon qildi:

- Bu ziyoratchilar uzoq Xaroba shahridan kelyaptilar. Ularni bu yerga Buyuk Shohimizning Sevgisi etakladi. Muso qo’lini cho’zib Masihiy va Umiddagi qimmatbaho o’oliq Yozuvni oldi.

Ziyoratchilar hayajondan arang nafas olib kutib turishardi .Tez orada tariflab bo’lmaydigan ajoyib ovoz: “Darvozalar ochilsin!” – dedi. Yaltiroq darvoza sekingina ochildi va ziyoratchilar Osmon Shahrini ko’rishdi. Bir nazar tashlash bilan ular o’zgarib ketishdi. Ular oltin ko’chalardan yura boshlaganda ularning ko’zlari charaqladi va yuzlaridan nur porlay boshladi. Shahar aholisi judayam xursand bo’lishdi! Ularni kutib olish uchun qo’ngiroqlar chalishdi, ashulalar aytishdi, tabassumlar ulashishdi va ziyoratchilarga oltin kiyim, toj va arfa berishdi (muzika asbobi). Masihiy bilan Umid quvonchlarini boshqa ushlab turolmay: “Buyuk Shohga abadiy xamdu-sanolar bo’lsin!” – deb hayqirishdi. Orqalaridan darvoza yopilganda va nihoyat orzu qilgan Osmondagi Vatanlarida ekanlarini tushundi.

Hamma narsadan tatib ko’ringlar. U sizlar uchun tayyorlagan.

Qara qirg’oqqa u yerda bizni allaqachon kutishyabdi.

Shohning xizmatchilari ziyoratchilarni karnay surnaylar cholib kutib olishdi.

Published in:  on April 8, 2008 at 5:36 am Leave a Comment